Ukrainaning Dnepr viloyati shoshilinch tibbiy yordam markazi shifokorlari maxsus asbob-uskunalarsiz hushsiz insonni qanday jonlantirish kerakligi haqida rep kuyladi. Video YouTube’ga joylashtirildi.
“Ushbu musiqiy video maxsus jihozlar bo‘lmaganida tibbiy bilimga ega bo‘lmagan insonlar tomonidan yurak-o‘pka reanimatsiyasini amalga oshirishga bag‘ishlanadi”, — deyiladi videoda.
Qayd etilishicha, video o‘rgatish maqsadida yaratilgan hamda tanishtiruvchi xarakterga ega.
Basic life support (BLS) – hayotni bazaviy qo‘llab-quvvatlash jarayoni bo‘lib, u nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi va qon aylanishni maxsus asboblarsiz qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)