• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Biz hokimlarni saylash tizimiga o‘tishimiz kerak” — Sherzod Kudbiyev

    O‘zbekiston hokimlarni xalq tomonidan saylash tizimiga o‘tishi kerak, ammo bunga tayyorgarlik ko‘rish lozim. “Gazeta.uz”ning ma’lum qilishicha, bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev “Alter Ego” loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Foto: Alter Ego

    Foto: Alter Ego

    Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlar lavozimini saylanadigan qilish taklifi bilan birinchi marta 2016-yil dekabrida chiqqandi. 2017-yil avgustida u hokimlarni xalq tomonidan saylash tizimini “hoziroq” joriy etishga tayyorligini bildirgan.

    2020-yilning sentabr oyida davlat rahbari O‘zbekiston hokimlarni saylash tizimiga o‘tishini yana bir bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, rivojlanish darajasi “qoniqarsiz” hamda “o‘rta” deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etilishi ma’lum qilingan. Ya’ni, ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi.

    “Biz (hokimlar) saylash tizimiga kelishimiz va unga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Haddan tashqari demokratiya ham mumkin... Biz demokratiya nimaligini tushunmayapmiz”, — degan Sherzod Kudbiyev intervyuda.

    Demokratiya haqida gapirar ekan, u DSQga ishga olingan qiz bilan bo‘lgan suhbatni misol tariqasida keltirdi. Sherzod Kudbiyev suhbatni davlat tilida olib borgan, nomzod esa savollarga rus tilida javob bergan. O‘zbek tilida javob berishni so‘rashganda, u o‘zi ma’qul deb topgan tilda gaplashish huquqiga ega ekanligini aytgan.

    “Ha, lekin sizning huquqingiz mening huquqim boshlangan joyda tugaydi. Demokratiya masalasida bu haqda unutmasligimiz kerak. Demokratiya eng avvalo ulkan mas’uliyat ekanligini unutmasligimiz kerak. Bizda demokratiyani xohlagan narsamni qila olishim deb tushunishadi. Yo‘q, siz xohlagan narsangizni qilishingiz mumkin, agar bu mening manfaatlarimga zarar yetkazmasa. Mana shu demokratiya. Tizimda adolat mezoni bo‘lishi kerak”, — deya tushuntigan u.

    Davlat soliq qo‘mitasi rahbari hokimlarni xalq tomonidan saylash mexanizmini to‘g‘ri deb hisoblaydi.

    “Hokimlarni saylash tizimi nuqtayi nazaridan bu to‘g‘ri mexanizm deb o‘ylayman. Bunda odamlar va mahalliy boshqaruv organlariga ishonch yoki ularga ishonchsizlikni ko‘rsatadi. Ammo biz bunga kelishimiz kerak. Ammo biz juda tez boryapmiz. O‘ylaymanki, qisqa vaqt ichida biz bunga erishamiz deb umid qilaman. Buni pilot loyihada boshlash mumkin”, — dedi Sherzod Kudbiyev.

    Qo‘mita raisi, shuningdek, qo‘l ostidagi xodimlar bilan qo‘pol muomala qiladigan rahbarlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. “Bunga (qo‘pollik — tahr.) mutlaqo ehtiyoj yo‘q. Bunga qat’iyan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hech kim hech qachon biror bir hokimga, umuman, mansabdor shaxsga — vazirga ham, raisga ham, bo‘lim boshlig‘iga ham, o‘z qo‘li ostidagi xodimlarini qadr-qimmatini oyoqosti qilish huquqini bermagan. Men bir paytlar mehnat vaziri edim, shuning uchun majburiy mehnat, bunday muomala masalalari... hech qachon hech kimga bunday huquq berilmagan. Va O‘zbekiston kelajagi bu bilan bog‘liq emas”, — deb ta’kidlagan u.

    Sherzod Kudbiyev qo‘pollik qiladigan rahbarlarni zaif deb hisoblaydi. “Bu noto‘g‘ri yondashuv. Bu o‘zlarining kasbiy, tashkilotchilik qobiliyatlari bilan odamni ishlashga unday olmasliklari,  ma’muriy yo‘l bilangina bajarishga majbur qilishlarini ko‘rsatadi. Bu noto‘gri. Bu odamning zaifligidan dalolat beradi”, — degan DSQ rahbari.

    Sherzod Kudbiyev avvalroq Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumani hokimi (2016—2018), Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri (2018—2019), Prezidentning davlat xizmati va vakolatli hokimiyat bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi (2019—2020) lavozimlarida faoliyat yuritgan, shu yilning may oyidan buyon esa Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

    Mazuga doir:

    • “Ey xudo, sharmanda qilma”. Sherzod Kudbiyev hokimlik lavozimini egallaganidan keyin birinchi fikri haqida
    • “Bu hokimni almashtirish emas, balki lavozimini ko‘tarish”. Sherzod Kudbiyev Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida
    • Sherzod Kudbiyev vazir lavozimiga kimlar tayinlanishi va bu jarayon qanday kechishi haqida so‘zlab berdi

    08.10.2020, 09:47   Izoh (0)   16223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “domkom” va ko‘chaboshilarga kommunal xizmatlar bo‘yicha kompensatsiya pullarini to‘lab berish rejalashtirilmoqda

    08.10.2020, 09:31

    Uzbekistan Airways qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar o‘rnatdi

    08.10.2020, 09:16

    Qamashiliklar Sherali Sanayevni Mirishkor tumaniga zarbop to‘n bilan kuzatdi

    08.10.2020, 08:48

    Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz deb topilgan 200 kg go‘sht yo‘q qilindi

    08.10.2020, 08:33

    Buxoroda 32 yil avval sodir etilgan qotillik fosh etildi (video)

    08.10.2020, 08:17

    “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga tayinlangan sud hukmiga qisman o‘zgartirish kiritildi

    08.10.2020, 07:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Munosib qarshilik, o‘yinda burilish va “pley-off” bosqichiga yo‘l: “Navbahor” va “FarDU” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 15 may, 23:15

    Farg‘onada 213 mln so‘mlik byudjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 15-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 15 may, 22:50

    “Rossiya Ukraina bilan kelishmovchilik sabablarini bartaraf etishni istayapti” — Medinskiy

    Dunyo | 15 may, 22:40

    Yozda terini quyoshdan himoya qilish uchun 8 ta eng yaxshi SPF krem

    Layfstayl | 15 may, 22:30

    Toshkentda kuzatilgan 49 yillik havo harorati tahlil qilindi

    O‘zbekiston | 15 may, 22:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.