“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich “Barselona” hujumchisi Lionel Messining Kataloniya klubida qolgani haqida gapirdi.
Uning ketishi biz uchun ham yomon xabar bo‘lardi. U kabi futbolchining qolgani juda yaxshi bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, Messi 2019/20-yilgi mavsum oxirida “Barselona”ni tark etmoqchi bo‘ldi. Biroq klub uni bepul qo‘yib yuborishni istamadi va uning narxini 700 million yevro etib belgiladi. 33 yoshli hujumchi esa “Barselona”ni sudga bermaslikka qaror qilib, jamoada qolishga majbur bo‘ldi.Biz klubda bu masalani muhokama qilmadik. Biroq men uning qolganidan xursandman, chunki har doim eng yaxshilarga qarshi o‘ynashni xohlayman.
Luka Modrich, futbolchi
Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan.
Izoh (0)