Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa hujumchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Barselona”

Foto: “Barselona”
Messi do‘stlaridan birining klubni tark etganidan xafa bo‘lishi odatiy holdir. Leo mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda barchaga o‘rnak bo‘lgan.

Men uning mavsumga tayyor bo‘lmaganini hech qachon ko‘rmaganman. U o‘z professionalligini ko‘rsatdi. Bu boradi hech shubha yo‘q.

Ronald Kuman, “Barselona” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Luis Suaresning xizmatlaridan voz kechgach, Messi unga murojaat qilib, quyidagi so‘zlarni aytgandi:

“Klubdan bu kabi irg‘itib yuborishlariga loyiq emas eding. Biroq meni endi hech nima ajablantirmayapti”.

Urugvaylik hujumchi “Barselona” bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi va “Atletiko” safiga o‘tdi.

Suares 2014-yildan buyon “Barselona”da to‘p surib kelardi. U katalon klubida umumiy miqdorda 283 ta o‘yin o‘tkazib, 198 ta golga mualliflik qildi. 2019/20-yilgi mavsumda hujumchi klub miqyosida 36 o‘yin o‘tkazib, 21 gol urdi va 10 ta golli amalga oshirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi