• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga kelgan xalqaro jo‘natmalarni pochta orqali manziliga yetkazish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni milliy pochta tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan 2 mingdan ziyod bo‘linma, 7 ming nafar xodim bor. Lekin yillar davomida e’tibor berilmagani oqibatida pochta xizmatining o‘rni pasayib ketdi. Xususan, so‘nggi 15 yilda 1300 ta pochta bo‘linmasi yopilgan. 2019-yilda xorijdan kelgan 6 ming tonna jo‘natmalarning atigi 10 foizi, kuryerlik xizmatlarining 30 foizi milliy pochta hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Shu bois joylardagi ahvol o‘rganilib, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari ishtirokida pochta tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Yig‘ilishda ushbu chora-tadbirlar Sergeli, Yangiqo‘rg‘on va Toshkent tumanlari pochtasi misolida taqdimot qilindi.

    Davlat rahbari sohani rivojlantirish uchun pochta tizimini daromad keltiradigan sohaga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Xususiy operatorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali pochta bo‘limlari daromadini oshirish mumkinligi aytildi.

    Yig‘ilishda hozirgi kunda elektron savdo rivojlanayotgani, internet orqali sotib olingan tovarni egasiga yetkazib berishga doim talab borligi ta’kidlandi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro tashuvchi kompaniyalarning hududlarda filiallari yo‘q. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, pochta jo‘natmalari va mahsulotlarni yakuniy manzilga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara beradi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Pochta sohasidagi eng asosiy vazifa odamlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishdir”, — dedi Prezident.

    Yig‘ilishda yakuniy manzilga yetkazish tizimini tumanlarda tajribadan o‘tkazib, kelgusi yil 1-martdan viloyat markazlarida, 1-iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etish rejasi belgilandi. Buning uchun jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerakligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, 2020-yil yakunigacha milliy onlayn savdo maydonchasini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu tizim orqali tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotini respublika bo‘yicha savdoga chiqaradi, milliy operator ularni manziliga yetkazib beradi. Bunda “O‘zbekiston pochtasi” xaridor va sotuvchi o‘rtasida kafil bo‘ladi. Shu maqsadda kelgusi yili Toshkent shahrida logistika markazini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

    Soha daromadini ta’minlash uchun yana bir manba — uncha murakkab bo‘lmagan davlat xizmatlarini pochta bo‘limlarida ham yo‘lga qo‘yish. Shu nuqtayi nazardan, “O‘zbekiston pochtasi” AJning olis hududlardagi 300 ta bo‘linmasida 13 xil davlat xizmati ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, dastlab Sergeli, Yangiqo‘rg‘on va Toshkent tumanlaridagi pochta bo‘linmalarida naqd pul inkassatsiyasi, plastik karta amaliyoti kabi bank xizmatlarini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

    So‘nggi to‘rt yilda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan matbuot tarqatish hajmi 3 barobarga kamayib, uning jami matbuot tarqatishdagi ulushi 13 foizni tashkil etmoqda.

    Mutasaddilarga bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash uchun matbuot tarqatish tizimini rivojlantirish, davriy nashrlarga onlayn obuna xizmatini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

    Yangi pochta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun xodimlarni qayta tayyorlash, pochta binosini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlar bilan birga ishlatish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatiga Rossiya aloqa vazirligi pochta aloqasi departamenti rahbari va “Rossiya pochtalari”ni strategik rivojlantirish kengashi a’zosi bo‘lib ishlagan Yevgeniy Birger bosh direktor etib tayinlangandi.

    Yevgeniy Birger 2018-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan konferensiyada nutq so‘zlab, “O‘zbekiston pochtasi” amaldagi normativlar va an’anaviy faoliyatini amalga oshira olmayotgani va u tubdan o‘zgartirishlarga muhtoj ekanligini ta’kidlagan. U fuqarolar hayoti va tashkilotlar faoliyatiga pochtaning chuqur kirib borishini ko‘zda tutuvchi “Pochta 2.0” loyihasini taqdim etgan. Shundan so‘ng uning “O‘zbekiston pochtasi” rahbari bo‘lishi ma’lum qilingandi.

    Biroq Yevgeniy Birger tayinlovdan bir yil o‘tib, 2019-yilning iyul oyida o‘z o‘rnini Alisher Fayzullayevga bo‘shatib berdi.

    Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston pochtasi” faoliyatida buyurtmali xatni bir viloyatdan boshqa viloyatga 7 oyda yetkazish holatlari kuzatilgan.

    05.10.2020, 21:24   Izoh (0)   20796
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2022-yil uchun Green Card lotereyasidan ro‘yxatdan o‘tish qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

    05.10.2020, 20:45

    Toshkentdagi to‘yda kuyovjo‘raning to‘pponchadan o‘q uzgani aks etgan video bo‘yicha ma’lumot berildi (video)

    05.10.2020, 20:12

    Toshkentda 5 mlrd so‘m miqdordagi noqonuniy import bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

    05.10.2020, 19:36

    O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati pasayishi kutilmoqda

    05.10.2020, 19:10

    O‘zbekistonda 6-oktabr kuni shamol tezligi kuchayib, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    05.10.2020, 18:13

    Xalq ta’limi vaziri Xorazm viloyati hokimini “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi

    05.10.2020, 17:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.