Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanidagi Sardoba aloqa bo‘limidan 2017-yil 15-avgust kuni yuborilgan buyurtmali xat yetib kelmaganligi to‘g‘risida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi.

Foto: “Futura.uz”

Foto: “Futura.uz”

Murojaatni o‘rganish jarayonida 15-avgust kuni yuborilgan buyurtmali xat oradan 5 kun o‘tib, 22-avgust kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasining saralash va yetkazish uchastkasiga kelib tushgani ma’lum bo‘ldi. Biroq Ishtixon tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi mansabdor shaxslari va mas’ul xodimlarining o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaraganligi tufayli ushbu xat egasiga yetkazilmagan. 

2018-yilning 26-mart kuni inspeksiyaning Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, 7 oy va 11 kun kechikkan pochta fuqaroga topshirildi.

Qayd etish joizki, fuqaro ushbu xatda unga zarur hujjatlar yuborilganini aytib, Ishtixon tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi mutasaddilariga bir necha marta murojaat qilgan.

Ma’lumot uchun, inspeksiyaning Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasiga joriy yilning 1-choragi davomida 362 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bundan 26 tasi pochta aloqasi xizmatlariga tegishli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)