• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mahalla vazirligi Toshkent viloyati bosh infeksionisti qamoqqa olinganidan tashvishdaligini bildirdi

    Hibsga olingan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva bilan 3-oktabr kuni Ombudsman huzuridagi milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida suhbat tashkil etildi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Vazirlik Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishi yuzasidan tashvishdaligini bildirgan hamda uning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.

    Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati

    Suhbat davomida Guljahon Yo‘ldosheva koronavirus kasalligiga chalingan bemor o‘limiga sababchi bo‘lish va 250 million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilishda ayblanib hibsga olinganligi, ushbu ish bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilib, shifokor muammolar haqida ochiq gapirgani, bundan tashqari, tergov va suddan yashirinishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilganligini ma’lum qilingan.

    Mavzuga doir: O‘limi Toshkent viloyati bosh infeksionistining qo‘lga olinishiga sabab bo‘lgan fuqaro reanimatolog bo‘lgan va u vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan

    “Guljahon Yo‘ldosheva, eng avvalo, ona ekanligi, 6 nafar voyaga yetmagan, jumladan, 2 va 3 yoshli kichik farzandlari borligi, tergov yoki suddan yashirinishga urinmaganligini, shu bilan birga, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyati yuzasidan olib borilayotgan tekshiruvlar hamda unga nisbatan yuritilayotgan surishtiruv va tergov jarayonlarida bevosita o‘zining ishtirokida xolisona ko‘rilishini ta’minlashda o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirilishida amaliy yordam so‘radi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    O‘tkazilgan suhbat natijalari bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ombudsman bilan hamkorlikda qonun doirasida va insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqqan holda yuqori sud instansiyalariga qo‘shma murojaat qilishini, shu asosda Guljahon Yo‘ldoshevaning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.

    Avvalroq Tanzila Norboyeva Toshkent viloyati bosh infeksionistiga qo‘llanilgan ehtiyot chorasiga munosabat bildirib, “Og‘ir jinoyat qilganlar ham chetga chiqib ketmaslik sharti bilan uyda saqlanadi — bolasining oldida, oilasida bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, uning jinoyati qanchalik og‘ir yoki og‘ir emasligiga hozir baho bera olmayman, lekin ayol kishi, kichkina bolasi borligini e’tiborga olib, hozircha qamoqqa olmaslik ham mumkin edi, qachonki sud qaror chiqarmagunicha”, deb aytgandi.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva koronavirusga chalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlarining mehnati munosib rag‘batlantirilmayotgani, og‘ir vaziyatlarda Toshkent viloyati tibbiyot boshqarmasi tomonidan kerakli yordam berilmaganini aytgan edi.

    Keyinroq bu masalada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov o‘z munosabatini bildirib, Chirchiqdagi shifoxona COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashmagani, Guljahon Yo‘ldosheva asossiz ma’lumotlar tarqatayotganini aytdi.

    Guljahon Yo‘ldosheva hibsga olingani haqida 8-sentabr kuni xabar tarqaldi. Bosh prokuratura bu holatga munosabat bildirib, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘ladigan mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilgani va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

    Sudning ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan kiritilgan apellyatsiya shikoyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ayblanuvchiga nisbatan qo‘llangan qamoqda saqlash bilan bog‘liq ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.

    Yo‘ldoshevaning advokati Xushnud Ahrorov u aybsizligini aytib, tergov noxolis olib borilayotganini ta’kidlamoqda.

    04.10.2020, 19:20   Izoh (0)   26871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chinni bozor”dagi tadbirkorlarga paxta terimi uchun 1,5 mln so‘mdan “soliq solingani” haqidagi xabarlar rad etildi

    04.10.2020, 18:21

    “Tazyiq o‘tkazilmagan, jarohatlar aniqlanmagan”. Prokuratura “kondensat ishi” bo‘yicha ayblanuvchilar DXX hibsxonasida qiynoqqa solinganini rad etdi

    04.10.2020, 16:45

    MIB: Namanganda o‘zini yoqib yuborgan ayolning onasiga ijro harakatlarini bajarishini so‘rab 30 dan ortiq marta murojaat qilingan

    04.10.2020, 15:49

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning YaIM bo‘yicha 2021-yil prognozini pasaytirdi

    04.10.2020, 14:50

    Surxondaryodagi 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadigan bo‘ldi

    04.10.2020, 14:16

    Kasbi hokimi To‘xtamurod Meyliyev tuman aholisidan uzr so‘radi

    04.10.2020, 13:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.