• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Surxondaryodagi 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadigan bo‘ldi

    Surxondaryo viloyat hokimligi Qumqo‘rg‘on tumanidagi ko‘prik haqidagi maqolaga munosabat bildirib, sifatsiz ko‘prik qurgan quruvchi ishini dastlab jinoyat ishi ochishni rad etgan transport prokuraturasi o‘rganayotganini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Hokimlikning yozishicha, umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega 4R-105 Darband— Boysun—Elbayon avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi 70-89 km hamda avtomobil yo‘lining 76-km qismidagi “Polvontosh” selgasidagi ko‘prik 2013-yilda sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida zarar ko‘rgan. Qumqo‘rg‘on tuman hokimining 2013-yil 5-sentabrdagi qaroriga asosan mazkur ko‘prikni qurish mas’uliyati “Bahrom universal qurilish” MChJga yuklatilgan.

    2014—2018-yillarda ko‘prikning asosiy qurilish ishlari yakunlanib, avtotransport vositalari harakati uchun ochilgan. Ammo buyurtmachi viloyat avtomobil yo‘llari hududiy Bosh boshqarmasining rasmiy ogohlantirish xatlari va qonunda belgilangan tartibda qo‘llagan jarima tadbirlariga qaramasdan pudratchi “Bahrom universal qurilish” MChJ tomonidan loyihada ko‘zda tutilgan qoldiq ish hajmlari – qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini bajarish uzoq vaqt paysalga solib kelingan.

    “Oqibatda 2019—2020-yillar, jumladan, joriy yilning mart—aprel oylarida sel oqimi odatdagi hajmga nisbatan uch-to‘rt barobar ko‘p kelganligi natijasida ko‘prikka jiddiy zarar yetgan”, — deyiladi hokimlik munosabatida. — Jumladan, mazkur ko‘prik joylashgan sel yo‘lining mavjud suv sathi uch yil davomida o‘rtacha 5—6 metrgacha pasayishi natijasida ko‘prikning 3-tayanch qismi 5-6 metrgacha ochiq holga kelgan. Joriy yilning aprel—may oylarida o‘ta kuchli sel kelishi natijasida ko‘prikning 3-tayanchi loyihaviy holati o‘zgarib, cho‘kish sodir bo‘lgan”.

    Shundan so‘ng hududda yashovchi aholiga qatnov uchun yetarli sharoit yaratish maqsadida viloyat avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan ko‘prikda harakatlanish cheklanib, vaqtincha aylanib o‘tish yo‘li qurilgan.

    Aylanma yo‘l

    Aylanma yo‘l
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholi vakillari esa, vaqtincha aylanib o‘tish yo‘li ham aholi tashabbusi bilan qurilganini aytgandi.

    Bu haqda ma’lumot bergan O‘tkir Xolmatov aylanma yo‘l aholida mavjud bo‘lgan texnikalar yordamida qilinganini, sel kelgach sel o‘tish yo‘li yuvib ketilganini, shundan so‘ng mas’ullar sel o‘tishi uchun truba keltirib o‘rnatib, budjetdan yana 500-600 million so‘m olganini aytmoqda.

    Avvalroq, Surxondaryo viloyat prokuraturasi 6,5 milliard so‘mga qurilib, 1 yil-u 7 oy xizmat ko‘rsatgan ko‘prik masalasiga munosabat bildirib, “Termiz transport prokuraturasining 2020-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qarori bekor qilinib, 2020-yil 29-sentyabr kuni tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborildi”, degandi.

    O‘tkir Xolmatov.

    O‘tkir Xolmatov.
    Foto: “Daryo”

    Viloyat hokimligi esa o‘sha tekshiruv Termiz transport prokuraturasi tomonidan olib borilayotganini ochiqlagan.

    Hokimlikning axborot berishicha, pudratchiga nisbatan ta’sir choralari samarasiz qolayotganligi sabab viloyat avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi viloyat prokuraturasiga shikoyat qilgan. Shunga ko‘ra, mazkur ko‘prik qurilishi boshqa pudratchiga berilgan.

    “Sevimli” kanalining “Zamon” informatsion dasturi jurnalistlarining ma’lumot to‘plashicha, mazkur ko‘prik qurilishiga yana 9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

    Surxondaryo viloyat hokimligi o‘z munosabatida aholining 19 km yo‘l sifatsiz qurilayotgani haqidagi shikoyatiga ham to‘xtalib, “mazkur holat viloyat avtomobil yo‘llari hududiy Bosh boshqarmasi, Qumqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, loyihachi korxona, ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy aholi vakillari ishtirokida joyida o‘rganib chiqildi”, — deydi.

    Aytilishicha, o‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari me’yoriy hujjatlarga asosan amalga oshirilayotgani aytilib, mutaxassislar bajarilgan ishlarning sifati to‘g‘risida OAVga qo‘shimcha ma’lumot bergan.

    Hokimlikning yozishicha, avtomobil yo‘llarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari sifati aloqador tashkilotlar va viloyat avtomobil yo‘llari hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

    Mavzuga doir:

    • “6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik quladi. Endi yo‘limiz ham shunday yaroqsiz bo‘lmasin” — qumqo‘rg‘onliklar
    • Surxondaryoda 6,5 mlrd so‘mga qurilib, 19 oy xizmat ko‘rsatgan ko‘prik ishini viloyat prokuraturasi o‘rgana boshladi

    04.10.2020, 14:16   Izoh (0)   41384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kasbi hokimi To‘xtamurod Meyliyev tuman aholisidan uzr so‘radi

    04.10.2020, 13:20

    “Agar molga bizni qiynagandek azob berishsa, u ham gapirib yuborardi”. “Kondensat ishi”da ayblanayotgan qashqadaryoliklar DXX hibsxonasida qiynoqqa solinganini ayt...

    04.10.2020, 10:22

    Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda yordamga kelgan rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlandi

    04.10.2020, 09:21

    Olmazor tumanining ayrim mahallalarida 5-oktabr kuni ichimlik suvi o‘chiriladi

    03.10.2020, 22:21

    MIB Namanganda o‘zini yoqib yuborgan ayolning 13 ming dollar pulining nima sababdan undirilmaganiga izoh berdi

    03.10.2020, 21:42

    Qashqadaryoda 31 nafar fuqaro “kondensat ishi”da ayblanmoqda. Ularga IIB mas’uli yordam bergani aytilmoqda

    03.10.2020, 20:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    “Tramp Yevropaga nisbatan haqli siyosat olib boryapti” — Lukashenko

    Dunyo | 8 avgust, 19:46

    Hokimliklar xodimlari uchun oyliklar va mukofot pullari ish sifatiga qarab to‘lanadi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 19:29

    Jahon banki Tojikistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 8 avgust, 19:18

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.