“Barselona” hujumchisi Ansumane Fati Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida “Betis”ga qarshi kechgan uchrashuvning (4:0) eng yaxshi o‘yinchisiga topshiriladigan sovrinni qabul qilolmadi.
Gap shundaki, La Liga spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan Budweiser bilan hamkorlik qiladi va bu kompaniya har uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisida sovrin topshiradi. 17 yoshli futbolchi hali voyaga yetmaganligi sabab o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni qabul qilib ololmagan.
Fati mazkur bahsda ikkita gol urdi va bitta penalti ishlab oldi. Yakunda uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Xordi Alba e’tirof etilgan.
Fati “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ansu 2019/20-yilgi mavsumda La Ligada 24 o‘yin o‘tkazib, 7 gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)