Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 3-turida “Barselona” 27-sentabr, yakshanba kuni “Vilyarreal” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 15-daqiqada Ansu Fati katalon klubining 2020/21-yilgi mavsumdagi ilk golini urib, hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o‘tib 17 yoshli futbolchi dublni rasmiylashtirdi.

35-daqiqada Fatiga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan keyin penalti belgilandi, uni Lionel Messi muvaffaqiyatli ijro etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Messining jarima maydoniga uzatmasidan keyin Pau Torres to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar biroz jonlandi, biroq katalonlar vaziyatni nazorat ostida ushlab tura oldi.

Shu tariqa “ko‘k-anorranglilar” mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi. Jamoaning dastlabki ikki turdagi o‘yinlari qoldirilgandi.

La Liga

3-tur bahlari

27-sentabr, yakshanba

“Barselona” — “Vilyarreal” 4:0

Gollar: 1:0 – 15 Fati, 2:0 – 19 Fati, 3:0 – 35, penalti Messi, 4:0 – 45, avtogol Pau Torres.

“Barselona”: Neto, Alba, Langle, Serxi Roberto, Pike, Koutinyo (Pedri, 70), Buskets (Pyanich, 78), de Yong, Fati (Dembele, 70), Grizmann (Trinkau, 78), Messi.

“Vilyarreal”: Asenxo, Estupinyan, Albiol (Funes Mori, 84), Mario Gaspar, Pau Torres, Parexo, Chukvueze (Kubo, 74), Koklen (Trigeros, 46), Moyses Gomes, Xerar Moreno (Bakka, 84), Pako Alkaser (Iborra, 46).

Ogohlantirishlar: Xerar Moreno (83).

“Osasuna” — “Levante” 1:3

Gollar: 1:0 – 38 Roberto Torres, 1:1 – 41 Melero, 1:2 – 77 Roxer Marti, 1:3 – 81 Morales.

“Eybar” — “Atletik” 1:2

Gollar: 0:1 – 40 Unai Lopes, 1:1 – 48 Kike Garsiya, 1:2 – 87 Unai Lopes.

“Kadis” — “Sevilya” 1:3

Gollar: 1:0 – 48 Salvi Sanches, 1:1 – 65 de Yong, 1:2 – 90 Munir, 1:3 – 90 Rakitich.

“Valyadolid” — “Selta” 1:1

Gollar: 0:1 – 44 Aspas, 1:1 – 66, penalti Gvardiola.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!