• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ukrainada aviahalokat sabablari aniqlanmaguncha barcha An-26 samolyotlarining parvozi to‘xtatiladi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkov yaqinidagi aviahalokatda halok bo‘lganlar xotirasiga 26-sentabrni motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent”.

    Foto: NTV

    Foto: NTV

    “Kecha dahshatli fojia – Chuguyev yaqinidagi An-26 samolyotining qulashi natijasida Ukraina 26 nafar munosib o‘g‘lini yo‘qotdi. 25 kishi voqea joyida vafot etdi, biri kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bir kishi davolanmoqda. Biz uning tezroq sog‘ayib ketishi uchun duo qilamiz.

    Biz hali butun hayoti oldinda bo‘lgan yosh kursantlar va tajribali harbiylarni yo‘qotdik. Bu yo‘qotish dardini ifoda etadigan so‘zlarni topish qiyin. Ularning ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va farzandlariga tasalli beradigan gaplarni topish qiyin.

    Bugun butun mamlakat o‘z oilalari bilan motamda bo‘ladi. Men 26-sentabrni motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida farmon imzoladim”, – deb yozgan Zelenskiy Telegram kanalida.

    Uning ta’kidlashicha, davlat jarohat olgan kursantga davolanishi va yaqinlarini yo‘qotganlarga tovon puli to‘lashi kerak.

    “Ukraina o‘z qahramonlarini unutmaydi. Men ushbu samolyot halokatining sabablarini zudlik bilan aniqlashni hamda tergov obyektiv va xolis o‘tkazilishini talab qilaman”, – deya xulosa qildi Zelenskiy.

    OAV prezidentning halokatga uchragan joyga allaqachon yetib kelganini xabar qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir Denis Shmigal aviahalokat tufayli hukumatning favqulodda yig‘ilishini tayyorlamoqda.

    Foto: RIA Novosti

    Foto: RIA Novosti

    Avvalroq An-26 halokatida omon qolganlardan biri kasalxonada vafot etgani haqida xabar qilindi. Shifokor tirik qolgan ikkinchi kursantning holati yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

    Samolyotning “qora quti”si hali topilmadi.

    Prezident barcha An-26 samolyotlari parvozini to‘xtatdi

    Ma’lum qilinishicha, Zelenskiy An-26 reyslarini to‘xtatib turish haqida buyruq berdi. Bu haqda 26-sentabr kuni Ukraina prezidenti devoni rahbarining o‘rinbosari Oleg Tatarov mamlakat telekanallari efirida ma’lum qildi.

    Unga ko‘ra, Xarkov viloyatidagi aviahalokat sabablari aniqlanmaguncha, barcha An-26 samolyotlarining parvozlari to‘xtatiladi.

    “Prezident fojia sabablari aniqlanmaguncha shu kabi samolyotlar ishtirokidagi har qanday parvozlarni to‘xtatish to‘g‘risida buyruq berdi. Mudofaa vaziri va bosh shtab boshlig‘i buyruqni bajarishni boshladi. Menimcha, nima sodir bo‘lganligi xolisona aniqlanmaguncha bunday reyslar bo‘lmaydi”, – dedi Tatarov.

    O‘z navbatida bosh vazir Denis Shmigal mudofaa vaziri Andrey Taranga tergov davomida o‘quv parvozlarini amalga oshirganlarni ishdan chetlatishni buyurdi.

    “Mudofaa vaziriga tergovning xolisligini ta’minlashni buyuraman. Tergov paytida o‘quv parvozlari uchun mas’ul shaxslar ishdan bo‘shatiladi”, – dedi Shmigal.

    U tegishli buyruqni 26-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining favqulodda yig‘ilishida berdi.

    26.09.2020, 21:25   Izoh (0)   30619
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukrainada An-26 samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi

    26.09.2020, 20:21

    Qozog‘istonda bir hafta ichida yana 5837 kishida, Qirg‘izistonda esa 755 kishida koronavirus aniqlandi

    26.09.2020, 19:24

    Rossiya TIV Navalniyning zaharlanishi sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi

    26.09.2020, 18:25

    “Koronavirus oqibatida dunyo bo‘ylab 2 million odam vafot etishi mumkin” — JSST

    26.09.2020, 11:51

    Buyuk Britaniyada karantin kuchaytirilgani sababli hojatxona qog‘ozi va makaron savdosida qaytadan cheklovlar o‘rnatildi

    26.09.2020, 10:25

    Shvetsiya va Norvegiya Lukashenkoni Belarus prezidenti sifatida tan olmadi

    26.09.2020, 09:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.