• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bolamni bo‘ynidan ushlab silkita boshladi”. Sobiq IIBB xodimi mashinada 2 yoshli bolani urib yuborgan hodisa tafsilotlari

    24-avgust kuni taxminan soat 01:10 da Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida Cobalt avtomobili haydovchisi piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan. YTH oqibatida 2,5 yoshli bola tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Bolakay 24-avgust kechasi kasalxonada vafot etgan. “Toshkent” telekanalining “Poytaxt yo‘llarida” dasturi halok bo‘lgan bolaning onasi bilan suhbatlashib, yo‘l-transport hodisasi nima sababdan yuzaga kelganiga oydinlik kiritdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘sha kuni onamning mazasi bo‘lmadi, yuraklari ikki marta operatsiya bo‘lgan. Katta o‘g‘limni uxlatib, kichkinam uxlamagani uchun o‘zim bilan olib chiqib ketdim. Dorixonaga bordik, qaytayotganimizda o‘g‘lim muzqaymoq olib berishimni iltimos qildi, mayli deb piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan edik. Har ikki tarafda ham mashina yo‘q edi.

    Keyin birdaniga fara yondi. Mashina katta tezlikda uchib kelayotgandi. Biz bu payt yo‘lning deyarli o‘rtasiga yetib qolgandik. Bolamga “Temur, chop!” deb aytib, qo‘lidan qattiq ushlab oldim. ‘Hay’ deganimni bilaman, mashina kelib urdi…”, — deydi jabrlanuvchi ayol.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Katta tezlikda harakatlanib kelgan Cobalt na yo‘l belgisiga, na piyodalar o‘tish joyiga va na yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki piyodaga e’tibor bergan.

    Yunusobod tumani IIO FMB 5-sonli IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i Baxtiyor G‘iyosovning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi Tohir Afzalov o‘zining Cobalt mashinasini Ahmad Donish ko‘chasi tarafdan Yunusota ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan. Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan ikki kishini urib yuborgan.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    “Urganda faqat meni urdi, deb o‘yladim. Bolam o‘ng tarafimda edi. Qo‘rqqanimdan tez turib ketdim, ‘Bolam, men yaxshiman, qo‘rqmagin’, desam bolam yo‘q… Keyin qidirishga tushdim. Qarasam, bolam yo‘lning narigi betida… Aytishlaricha, bola 45 metrga uchib ketgan. Ko‘zlarini yumib, qo‘llarini cho‘zgan holda yotgandi”, — deydi ona.

    Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMBga yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan. Shunga asosan Jinoyat kodeksining 266-modda 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    “Jon holatda yordam beringlar, deb baqirdim, bolamning oldiga yugurib borsam, hushsiz ekan. Ko‘zlari yumuq, lekin xirillab nafas olayotgandi. Urib yuborgan odam uni qo‘liga oldida menga qarab: ‘O‘chir chakagingni, o‘chir!’, deb baqirishga tushdi. ‘Nega o‘chiraman, bolamni nima qilib qo‘yding?’ desam, xirillayotgan bolamni bo‘ynidan silkitib tashladi. Bolani ber menga desam, ‘Yo‘qol, yo‘qol, bermayman senga bolani!’, deydi. Bolam o‘ziga kelmayotgandi, og‘zidan qon chiqayotgandi…”, — deydi ona.

    Ta’kidlanishicha, yo‘l bo‘yidagi do‘konlardan birining sotuvchisi yordamga yetib kelgan.

    “Mashinasiga o‘tirdik, urib yuborgan haydovchi bolamni olib oldiga, men esa orqaga o‘tirdim. Bolamni boshidan silasam, o‘ng tarafidagi suyagi chiqib qolgan, og‘zidan qon kelyapti. Erkak esa bolaning dahanida ushlab silkitib ‘tursang-chi’ deb yotibdi”, — deydi ayol.

    Jabrlanuvchi Gavhar Yusufxo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, YTH sodir etgan erkak mast holatda bo‘lgan: “O‘zim tibbiyot xodimiman, qorachiqlari juda kengaygan, agressiv edi. 5-sonli kasalxonaga olib borishga yordam bergan bolani ham urib ketdi”.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    “Voqea joyiga yetib kelganimda, ular ketib bo‘lishgan ekan. Ularning ortidan shifoxonaga bordim. Ayolimning tirikligini ko‘rib, bolaga ham hech nima qilmagan, jiddiy jarohat bo‘lmasa kerak, deb o‘yladim. Ammo ko‘plab shifokorlar operatsiya xonasiga kirib ketishganini ko‘rdik…”, — deydi marhumning otasi Yevgeniy Chexovskiy.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Shifokorlar jabrlanuvchi bolani 16-sonli shahar kasalxonasiga (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi) olib borish uchun maxsus tez yordam mashinasini chaqirgan. Temurning ota-onasi esa taksida ular ortidan harakatlangan. Kasalxonaga yaqinlashganida tez yordam mashinasi tezlikni yanada oshirgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu vaqtda bolaning yuragi to‘xtab qolgan.

    Otaning so‘zlariga ko‘ra, 16-sonli kasalxona shifokorlar bolaning boshi xuddi tarvuz kabi shikastlangani va uning omon qolish ehtimolligi bir foizga ham teng emasligini aytgan. Bosh chanoq ustidan 18 santimetr teri olib tashlangan. Chanoq shu qadar shikastlanganidan qontalash bo‘lib qolgan.

    Operatsiya 4,5-5 soat davom etgan. Soat 05:55 da Temur koma holatidan chiqmasdan vafot etgan.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Temur Chexovskiy vafot etgani sabab qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 266-modda 1-qismidan 2-qismiga qayta malakalangan hamda shu kunning o‘zida haydovchi Tohir Afzalov jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan.

    “Avariya 00:10 bo‘lgan bo‘lsa, bizni ko‘chada 5 soat ushlab o‘tirishdi. Haydovchi yo‘lning narigi betida edi. O‘ziga o‘xshagan YPX xodimlari kelib, u bilan quchoqlashib, o‘pishib ko‘rishdi. Qaynag‘am ulardan nega ekspertizaga olib borishmayotganini so‘radi. Avariyani sodir etgan erkak men o‘zim ‘melisa’man, o‘zim GAI xodimiman, degan. Guvohnomasidan ko‘rishlaricha, u serjant ekan”, — deydi Gavhar Yusufxo‘jayeva.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Oleg Lyaxovskiy ismli guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, soat 05:00 larda avariya sababchisini ekspertizaga olib borishgan. Guvoh ham ular bilan birga bo‘lgan. Haydovchidan hech qanday qon namunalari olinmagan, faqatgina maxsus trubkaga puflagan. Shunday bo‘lsa-da, haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani tasdiqlangan.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Olib borilgan tergov harakatlari natijasida haydovchi o‘sha kuni transport vositasini mast holda boshqarganligi aniqlangan. U tergov vaqtida ham mashinaga o‘tirishdan oldin spirtli ichimlik ichganini tan olgan.

    “Nima sababdan biz ishongan YPX xodimlarimiz bu odamni 20-avgustda ishdan bo‘shatilgan deb beryapti? Halokat 24-avgustda sodir bo‘lgan. Yana qarindoshlari kelib kechirim so‘rashdi, uni hayvondan battar bo‘lishini, har kuni ichishini aytishdi”, — deydi jabrlanuvchi ayol.

    Toshkent shahar IIBB axborot xizmati boshlig‘i Irina Sayfuddinova mazkur holatga izoh bergan:

    “Xizmatda bo‘shash jarayoni shundayki, formani va xizmat guvohnomasini tezda topshirish kerak. Lekin, aftidan, forma unda qanchadir vaqt qolib ketgan. Balki, bu eski suratlardir. Surat ekspertizasi o‘tkazilmagani sabab bu haqda biror nima deyish qiyin…

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB o‘z xodimidan yuz o‘girib, uni eski sana bilan xizmatdan bo‘shatib yuborgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Bunday emas. Iyun oyida bizda attestatsiya komissiyasi o‘tkazildi va ushbu komissiya Tohirxo‘ja ismli xodim (avariya sababchisi — tahr.) 30-iyun kuni uni IIB xodimlari safidan bo‘shatish bo‘yicha xulosa bergan. Ushbu xulosa asosida 20-avgust kuni uni xizmatdan bo‘shatish haqida buyruqqa imzo chekilgan. U xizmat vaqtida tez-tez ishga chiqmaganligi, yig‘ilishlarga kelmaganligi borasida ko‘p marotaba tanbehlar olgan”.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    26-avgust kuni sobiq YPX xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirgi kunga qadar mazkur jinoyat ishi yuzasidan bir qator protsessual va tergov harakatlari olib borilgan, jumladan, YTH sodir bo‘lgan joydagi kameralardagi yozuvlar tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan. Bundan tashqari, jinoyat protsessining barcha ishtirokchilari, xususan, jabrlanuvchi va uning oila a’zolari so‘roq qilingan, tegishli guvohlar topilgan. Tergov harakatlari davomida Gavhar Yusufxo‘jayeva hamda Temur Chexovskiyning olgan tan jarohati, yetkizish mexanizmi, og‘irlik darajasini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan, shuningdek, transport vositasining avariya vaqtidagi tezligini aniqlash maqsadida tergov-eksperimenti o‘tkazilgan.

    Yevgeniy Chexovskiyning aytishicha, avariya sodir bo‘lgan yo‘lning qismi svetofor bilan tartibga solinmagani uchun bu yerda tez-tez yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib turadi. Erkak shahar hokimiyatining reaksiyasini kutmasdan, “O‘zavtoyo‘lbelgi” korxonasi vakili Mirzaniyoz Mahmudovdan yo‘l chiziqlarini yangilashda yordam berishni iltimos qilgan. Bu yerda mavjud bo‘lgan yo‘l-yo‘l chiziqlar deyarli o‘chib ketgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Bundan tashqari, “O‘zavtoyo‘lbelgi” erkakka mazkur joyga o‘rnatish uchun yorug‘lik qaytaruvchi “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisini taqdim etgan. Avval bu joyda yorug‘likni qaytaruvchi elementlari bo‘lmagan eski uslubdagi belgi mavjud bo‘lgan.

    “Agar biz o‘zimiz kirishmaganimizda buni hech kim qilmagan bo‘lar edi. Na mahalla, na tuman IIB xodimlari va na shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi — hech kim bizga murojaat qilmadi, qanday yordam kerakligini so‘ramadi. Hech kim kelib, belgini yangilashni xohlamadi. Reaksiya — nol ”, — deydi Yevgeniy Chexovskiy.

    Endi vafot etgan bolaning otasi Yunusota ko‘chasidagi yaqin atrofdagi uylarning aholisi bilan birgalikda svetofor o‘rnatish uchun imzo yig‘moqda.

    26.09.2020, 20:53   Izoh (0)   179198
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangan viloyati hokimi faoliyatining ilk kunida koronavirusni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar bilan tanishdi

    26.09.2020, 17:23

    Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov: “Namangan xalqiga ta’zim qilaman”

    26.09.2020, 15:25

    Farg‘ona va Andijon viloyatlarini bog‘lovchi Quva—Asaka yo‘lidagi blokpostlar olib tashlandi

    26.09.2020, 14:23

    O‘zbekistondagi maktablar va oliy ta’lim muassasalarida darslar oralig‘ida jismoniy mashqlar o‘tkaziladi

    26.09.2020, 13:21

    Andijonda 39 gramm marixuanani 1 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    26.09.2020, 12:24

    O‘zbekistondagi davlat organlari va tashkilotlarida “Sport targ‘ibotchisi” lavozimi joriy etiladi

    26.09.2020, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    O‘zbekistonda ahil oilalar hamda yosh kelin-kuyovlar ishtirokida “Oilalar sayli” o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 12 may, 18:00

    Fransiya 2040-yilgacha robot armiyaga ega bo‘ladi

    Dunyo | 12 may, 17:50

    Devid va Viktoriya Bekxemning kelini ularni “zahar va o‘ziga bino qo‘ygan” deb hisoblaydi

    Layfstayl | 12 may, 17:40

    Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi bolalarga “Katyusha”ni yodlatgani uchun ishdan olindimi?

    O‘zbekiston | 12 may, 17:25

    “Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

    Sport | 12 may, 17:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.