Amerikada doimiy mijoz pitssa tashuvchiga 12 ming dollar choychaqa qoldirdi (video)
Amerikaning Yuta shtatida joylashgan Roy shahrida doimiy buyurtmachi pitssa yetkazib beruvchiga 12 ming dollar choychaqa puli qoldirdi. Bu haqda Today nashri xabar berdi.
Derlin Nyuining yoshi 89 da, u nafaqaga chiqqan bo‘lsa-da, haftasiga 30 soat pitssa yetkazib beruvchi bo‘lib ishlaydi. Chunki uning nafaqasi kundalik xarajatlariga yetmaydi.
Nafaqaxo‘rning doimiy mijozlaridan biri bo‘lgan Karlos Valdez Nyuining pitssa yetkazib berayotganini videoga oldi va TikTok platformasiga joylashtirdi. Tez orada Valdezning obunachilari Nyuining “Salom, pitssa istaysizmi?” degan iborasini yoqtirib qoldi.
Ko‘pchilik kuzatuvchilar keksa amerikalikning ishlashiga to‘g‘ri kelayotganidan xavotir oldi. Natijada Valdezlar oilasida nafaqaxo‘rga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish fikri paydo bo‘ldi. “Birgalikda ushbu ajoyib inson uchun 12 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldik”, − deydi Valdez.
Valdez Nyuiga antiqa syurpriz tayyorladi, u yig‘ilgan mablag‘ni qariya yashaydigan uyga olib bordi. “Qanday minnatdorlik bildirsam ekan? Tashakkurdan boshqa nima deb aytishni ham bilmayman”, − deydi pitssa yetkazuvchi nafaqaxo‘r.
89-year old Derlin Newey is a pizza delivery man who received a surprise delivery of his own today. A couple who got to know him from his pizza deliveries raised $12,000 to help him out. He had no idea. The full story runs tonight on @KSL5TV at 6. #ksltv #goodnews pic.twitter.com/Z83K5LTKPh
— Alex Cabrero (@KSL_AlexCabrero) September 22, 2020
Mavzuga doir: