• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parkent hokimligi hokimning o‘g‘liga tegishli firmadan 260 mln so‘mga Captiva sotib olgani ma’lum bo‘ldi

    Parkent tumani hokimligi hokimning o‘g‘li tomonidan ta’sis qilingan firmadan Captiva avtomobilini sotib olgan. Bu haqda dastlab 19-sentabr kuni Telegram’dagi @davletovuz kanali ma’lumot berdi, keyinroq bu ma’lumotni Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov tasdiqladi.

    @davletovuz’ning Davlat xaridlari portalidagi ochiq ma’lumotlarga tayanib yozishicha, Parkent tumani hokimligi 14-sentabr kuni zaxira budjetdan 269 million so‘m ajratib, Mega Karer kompaniyasidan 260 million so‘mga 2018-yilda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan Captiva sotib olgan. “Pandemiya davrida budjet ikki-uch marta optimallashtirilayotgan bir paytda tuman hokimligi rahbariyatining Captiva mingisi kelib qolibdi”, — deb vaziyatga munosabat bildirgan kanal.

    Parkent tumani hokimligida mol yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarni tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan komissiya yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma.

    Parkent tumani hokimligida mol yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarni tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan komissiya yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma.
    Skrinshot: “DXarid.UzEX.uz”

    Ayni vaqtda Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga asoslanib, @davletovuz hokimlikka Captiva sotgan firmaning eng katta ulushga ega ta’sischisi ismi-sharifi Sardor Nig‘matovich Isroilov, Parkent tumani hokimining ismi-sharifi esa Nig‘mat Isroilovich Muhamedov ekaniga e’tibor qaratib, hokimlik hokimning o‘g‘li ta’sis etgan firmadan mashina sotib olgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan.

    Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi Behzod Qobulov ushbu holat yuzasidan izoh berarkan, Parkent tumani hokimligi, haqiqatan ham, ta’sischilaridan biri tuman hokimi Nig‘mat Muhamedovning o‘g‘li Sardor Isroilov bo‘lgan korxonadan Captiva sotib olganini tasdiqlagan.

    O‘zingizga yaxshi ma’lum, Parkent tog‘ va tog‘oldi hududlardan tarkib topgan. Shundan kelib chiqib, 2019-yilda tuman hokimligi Captiva xarid qilishni rejalashtirgan. Biroq o‘sha vaqtda tuman budjetida yetarli mablag‘ bo‘lmagani tufayli, tuman hokimining farzandi, ya’ni Mega Karer MChJ ta’sischilaridan biri otasi foydalanishi uchun mazkur mashinani berib turgan.

    Og‘zaki kelishuvga ko‘ra, tuman budjetida yetarli mablag‘ bo‘lgan paytda pul o‘tkazib beriladigan bo‘lgan. Ya’ni, mashina tuman hokimligi ixtiyoriga berilgan paytda yangi bo‘lgan. Oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach to‘lov qobiliyati shakllanganidan keyin bu mablag‘lar firmaga baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narxga ko‘ra o‘tkazib berilgan.

    Yana ham aniqroq aytganda, tuman hokimining farzandi tuman hokimligiga yangi Captiva’ni keyinroq to‘lab berish shartiga rozi bo‘lgan holda topshirgan. Bu o‘rinda qarindosh-urug‘chilik rishtasidan manfaat ko‘zda tutilmagani, qaytaga avtomashinani real narxidan past bahoga xarid qilinganiga e’tibor qaratishingizni istardim.

    Behzod Qobulov, Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi

    Behzod Qobulovning alohida qayd etishicha, Captiva sotib olishga qaror qilingan vaqtda tuman budjetida pul yetarli bo‘lmagan bo‘lsa-da, keyinchalik pul bo‘lgan, ya’ni “mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi miqdori har chorakda ma’lum bo‘ladi” va “bu mablag‘ni qanday tasarruf etish hokimning ixtiyoridagi ish edi”.

    “Ammo Nig‘mat Muhammedov rahbar sifatida imkoniyat bo‘lganda ham, avvalo, eng zarur soha va tarmoqlarga mablag‘ yo‘naltirishni ma’qul ko‘rgani bugungi kunda o‘ziga qimmatga tushyapti — ijtimoiy tarmoqlarda masala muhokamalar markazida”, — deb fikr bildirgan Toshkent viloyati hokimligi matbuot kotibi.

    Uning ta’kidlashicha, tuman budjetining “puli ko‘chada qolmagan va bu borada o‘ta kuchli nazorat tizimi mavjud”. “Bu vaziyatda budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lgani haqida pisandalar baquvvat asosga ega emas”, — deydi Behzod Qobulov.

    Qo‘shimcha qilinishicha, Parkent tumani hokimi Nig‘mat Muhammedov “Parkentni sevgan, uning xalqi sog‘lig‘i uchun qayg‘urgan har bir parkentlik singari... umumiy xayriya marafonida munosib ishtirok etib”, tuman shifoxonasiga oylik maoshidan jamg‘argan puliga 10 ta sun’iy nafas olish uskunasini taqdim etgan.

    Behzod Qobulovning izohiga @davletovuz kanali quyidagicha munosabat bildirgan: “O‘zbekistonda hammaning niyati yaxshi. Hamma yaxshi niyatlar ham to‘g‘ri va qonuniy bo‘laveradimi? Asosiy masala — shunda. Odamlarning yaxshi niyatiga ishonilsa, korrupsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga ham, manfaatlar to‘qnashuvini cheklashga ham hojat qolmas edi. Bir gap bor: amaldor baribir ham ‘o‘z junini davlat juni bilan aralashtirib’ yubormasligi kerak”.

    20.09.2020, 19:20   Izoh (0)   47015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda to‘rtta hokim pnevmoniyadan davolanmoqda

    20.09.2020, 18:21

    Farg‘onada ishlab chiqarilayotgani aytilgan kislorod konsentratori aslida Xitoydan olib kelinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

    20.09.2020, 16:21

    Buxoroda pandemiya sabab to‘xtab qolgan ommaviy tadbirlarga “start” berildi. Vazirlik tashabbusi bilan viloyatda katta festival boshlandi

    20.09.2020, 15:49

    O‘zbekistonda magistratura imtihonida qatnasholmaganlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkaziladi

    20.09.2020, 15:17

    Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi

    20.09.2020, 14:28

    Gulistonda olti oy oldin mol bozorda yurgan fuqaroning 15 mln so‘mini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

    20.09.2020, 14:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.