“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
17:48, 17.09.2020 10480

Vitaminlarga boy mazali basma tayyorlaymiz

To‘yimli va mazali taom oila a’zolaringiz uchun sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q.

Foto: “Pikabu”

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Go‘sht — 2kg
  • Baqlajon — 3 dona
  • Bulg‘ori qalampiri — 2 dona
  • Pomidor — 3-5 dona
  • Karam
  • Kartoshka —3 dona
  • Sabzi — 0,5 kg
  • Piyoz — 0,5 kg
  • Sarimsoq piyoz — 0,5 kg
  • O‘simlik yog‘i
  • Ko‘katlar ta’bga ko‘ra
  • Zira, tuz, murch ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

Foto: “Yeda.ru”

O‘simlik yog‘i solingan qozonda go‘shtni qovurib oling.

Foto: “Yeda.ru”

Piyoz, bulg‘or qalampiri solib qovurishda davom eting.

Foto: “Yeda.ru”

Sabzi va sarimsoq piyoz solib aralashtiring.

Foto: “Yeda.ru”

Baqlajon va pomidor qo‘shing.

Foto: “Yeda.ru”

Ziravor, murch va tuz seping, ko‘kat soling.

Foto: “Yeda.ru”

Karamni oz qismini to‘g‘rab qozonga soling, qolgani bilan yaxlit qozondagi mahsulotlar ustini qoplang va qozon qopqog‘ini yopib dimlang.

40-60 daqiqadan keyin qozonni ochib kartoshka va suv soling va yana 30 daqiqaga qoldiring.

Foto: “Yeda.ru”

Taomni issiqligida dasturxonga tortish tavsiya qilinadi.

Taom tayyor, yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ