Germaniyaning “Ripdorf / Molsen II” futbol klubi “Holdenshtedt”ga qarshi o‘yinda 37 ta gol o‘tkazib yubordi, deya xabar bermoqda Goal.
Manbaning xabariga ko‘ra, o‘yin boshlanish arafasida “Holdenshtedt” futbolchilari koronavirus yuqtirib olganlar bilan aloqada bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan.
Shu munosabat bilan “Ripdorf” uchrashuvni boshqa sanaga qoldirishni so‘ragan, ammo ularning talabi rad etilgan. “Ripdorf” uchrashuvga kirishdan bosh tortgan taqdirda esa jiddiy jazoga tortilishi mumkin edi. Shu sababli futbolchilar maydonga tushishga qaror qildi, ammo ijtimoiy masofa protokoliga amal qildi.
Natijada “Holdenshtedt” vakillari javobsiz 37 ta gol urdi. “Ripdorf” futbolchilari ularni xavfsiz masofadan turib kuzatib turdi. Shu tariqa uchrashuv yirik hisobda “Holdenshtedt” foydasiga hal bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)