“Qo‘qon-1912” katta murabbiyi Davron Fayziyev Coca-Cola Superliga 15-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi kechgan bahsdagi mag‘lubiyatdan (0:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Musobaqa jadvalidagi ikkita yonma-yon turgan jamoalar o‘zaro to‘qnash keldi. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo‘limdagi tezkor gol rejalarimizni buzib yubordi. Himoyada yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolarimiz raqibning foydasiga ishladi. Keyingi turlarda yo‘qotilgan ochkolarni o‘rnini to‘ldirishga harakat qilamiz deb o‘ylayman. Ikkinchi davraning dastlabki turlarini mag‘lubiyat bilan boshlash alamli, albatta. Yigitlar vaziyatni tushunib turibdi. Birinchi davradagi o‘yinimizni, g‘alabalarni qaytarishimiz kerak.“Qo‘qon-1912” 15-turdan keyin 26 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “So‘g‘diyona” bilan o‘ynaydi.Birinchi bo‘limda vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa raqib xatolarimizdan unumli foydalanishga harakat qildi va qaysidir ma’noda bunga erishdi. Ikkinchi bo‘limda yaqqol golli vaziyat yarata olmadik. Birinchi bo‘lib biz gol urganimizda boshqacha bo‘lardi.
Maydonga javobgar shaxslar bor, davlat imtihonlari o‘tkazilgani sabab shunaqa bo‘lib qoldi. Bu maydonda kecha mashg‘ulot o‘tkazdik. Maydon holatini mag‘lubiyatga bahona sifatida ro‘kach qilish noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki har ikki jamoa ham mana shu maydonda harakat qildi. Davlat qabul qilgan qarorga biz qarshi chiqa olmaymiz. Bu bahona bo‘la olmaydi.
Markazlashgan chempionatda bitta hujumchi bilan harakat qildik, bungacha uydagi barcha uchrashuvlarda ikkita hujumchi bilan o‘ynayotgan edik. O‘yin qanday natija bilan tugashini oldindan bilmaysiz. Uyda ko‘proq hujumkor o‘ynaymiz. Mag‘lubiyatni tan olish ham mardlik hisoblanadi. Futbol shunday o‘yin kimdir g‘alaba qozonadi, kimdir yutqazadi. Hali oldinda 11 ta tur o‘yinlari bor, o‘ylaymanki, yo‘qotilgan ochkolarni o‘z joyiga qo‘yishga ulguramiz.
Davron Fayziyev, “Qo‘qon-1912” katta murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)