Surxondaryo viloyatida qonunga xilof ravishda Damas avtomobilida 12 ta yo‘lovchi bilan harakatlanayotgan haydovchi aniqlandi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1441-kilometrida YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan Damas avtomashinasida haydovchi 12 ta yo‘lovchi bilan ketayotganligi aniqlangan.
“OAVda ko‘ryapsizmi nima holatlar bo‘lyapti, YTHlar qanday oqibatlarga olib kelyapti? Xudo ko‘rsatmasin, hozir bitta holat bo‘lsa, 13 ta odamning hayoti xavf ostida qoladi. Shaxsiy manfaatni o‘ylab, odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yish kerak emas”, – deya haydovchiga tanbeh bergan YPX xodimi.
Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Avvalroq Surxondaryoda 21 kishini avtomobil yukxonasida olib ketayotgan haydovchiga va Changan avtomashinasi yukxonasida 35 kishini olib ketayotgan haydovchiga nisbatan chora ko‘rilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)