“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalyos “Arsenal” jamoasidagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda “kanonirlar” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ispaniyalik futbolchi 2021-yilning yoziga qadar ijaraga berildi. Xabarlarga ko‘ra, London klubi bu safar 24 yoshli futbolchining maoshini to‘liq qoplab beradi.
Eslatib o‘tamiz, Sebalyos 2019/20-yilgi mavsumni “Arsenal”da ijara asosida o‘tkazdi. Futbolchi Premyer Ligada 24 o‘yinda qatnashib, ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
“Real” Sebalyosni 2017-yilda “Betis”dan sotib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)