Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning holati haqida gapirdi.
Uning yaxshi formada ekaniga menda ayrim shubhalar bor. Krishtianu dushanba va seshanba kunlari ajoyib darajada shug‘ullandi, biroq chorshanba kuni oyoq kaftida og‘riq sezdi. O‘shanda uni mashg‘ulotlar zaliga olib o‘tish qaroriga keldik.Portugaliya terma jamoasi 5-sentabr kuni Xorvatiyaga qarshi bahs olib borsa, 8-sentabrda Shvetsiyaga qarshi o‘ynaydi.Tushdan so‘ng uning barmog‘ida qizarish va qizish yuzaga keldi, ari chaqqan ekan. Bu jarohat emas, infeksiya.
Shundan keyin Ronaldu antibiotik qabul qildi, hozirda uning holati yaxshi. O‘yin oldidan uning 100% tayyor bo‘lishiga menda juda katta shubha bor.
Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)