Ijtimoiy tarmoqlarda Gulistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida xitoy tilidan dars berish tashabbusi bilan chiqib, viloyatda turli xil to‘siqlarga uchragan Murodjon Kenjaboyev hamda uning turmush o‘rtog‘i Li Ting haqidagi voqealar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi bu masala o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Respublika ta’lim markazi mutaxassislari ishtirokida xitoylik kelinga maktabda xitoy tilidan dars o‘tish huquqini beruvchi o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqilib imzolandi.
“Tashabbuskor fuqaro — rivojlanishning muhim omili. Yangi g‘oya va takliflarning qabul qilinishi ilg‘or va zaruriy g‘oyalarning tug‘ilishiga zamin yaratadi. Yaqin yillarda Guliston xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha o‘zining maktabiga ega bo‘lishiga ishonamiz”, — deyiladi xabarda.
Xitoydan Sirdaryoga kelin bo‘lgan Li Ting Sardobada yuz bergan hodisa jabrdiydalari uchun xayriya aksiyasi ham tashkil qilgandi. O‘zbekistonlik va xitoylik talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “Mehr-muruvvat” aksiyasining birinchi yordami 20 ming dona tibbiy niqobi bo‘ldi.
Izoh (0)