O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020-yil 1-sentabrdan boshlab bekor qilinadi va quyidagi tartib joriy etilmoqda.
Oxirgi 14 kun Qirg‘izistonda bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi.
Qirg‘izistonga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi.
Yuqorida qayd etilgan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda O‘zbekistonga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan teatr, kinoteatr, attraksionli bog‘lar faoliyatiga va juma namozlari o‘qilishiga ruxsat beriladi, yo‘nalishli taksilar faoliyatini qayta tiklaydi, bolalar bog‘chalari ochilishiga ruxsat beriladi.
Izoh (0)