Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat g‘arbiy chegaralaridagi vaziyatni Ikkinchi jahon urushining boshlanishi bilan qiyosladi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Prezident vaziyatni Ikkinchi jahon urushining boshanishiga — Sovet armiyasini allalashgani va natijada tajovuzni qaytarishga tayyor bo‘lmaganiga qiyosladi”, — deyiladi “BelTA” davlat agentligi xabarida.
“Men tarixni yaxshi o‘rganganman va buni bilaman. Shu sababli xulosalar qilmoqdaman. Men uchun Ikkinchi jahon urushining boshlanishi dars bo‘lgan. Shu sababli men armiyaning yarmini to‘liq jangovar holatga keltirishga va ular bizning marvaridimizga qaramasliklari uchun Grodnoga joylashtirib, uni qurshab olishga majbur bo‘ldim”, — deydi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgustdan Lukashenkoning iste’fosini talab qilib, namoyishlar boshlandi. 16-avgustdan mamlakat rasmiylari Minskda va boshqa shaharlarda Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar tashkil qilishni boshladi.
Izoh (0)