Abituriyentlar tomonidan telefon raqami bilan bog‘liq omillar tufayli shaxsiy kabinetga kirib, imtihonga kirish ruxsatnomasini olishda muammolar bo‘layotgani xususida murojaatlar tushmoqda. Mazkur murojaatlarni inobatga olgan holda abitur.dtm.uz portali orqali abituriyent ruxsatnomasini olish osonlashtirildi, deya xabar beradi Davlat test markazi.
Ruxsatnomani shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish imkoniyati yaratildi, endi ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol talab etilmaydi.
Bunda abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish uchun https://abitur.dtm.uz/allow sahifasiga o‘tib, quyidagi ma’lumotlar kiritish kerak bo‘ladi:
- pasport seriyasi;
- pasport raqami;
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).
Mavzuga doir:
- Toshkent shahrining kirish imtihonlari o‘tkaziladigan 4 ta hududidagi tayyorgarlik jarayonlari — suratlarda
- O‘zbekistonda magistraturaga kirish imtihonlari bir kunda o‘tkaziladi
- O‘zbekistonda 11 ta tibbiyot OTMlariga bakalavriat uchun 6025 nafar, magistraturaga 1377 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi
Izoh (0)