• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident farmoni bilan Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibi joriy etiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

    Bo‘stonliq tumanining turistik yo‘nalishdagi raqobatdosh ustunliklaridan samarali foydalanish, hududning ixtisoslashuvini aniq belgilash, turistik, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhitini tubdan yaxshilash orqali aholi bandligini ta’minlash uchun 2022-yil 31-dekabrga qadar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinmoqda.

    Belgilanishicha, alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi doirasida:

    a) bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi direktori lavozimini egallaydi, shuningdek, Bo‘stonliq tumani hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Bunda bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi:

    • tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha taklif kiritadi;
    • tuman hokimligi boshqaruv apparati va davlat boshqaruvi organlari tuman bo‘linmalarining tuzilmalariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    • O‘zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarini tumanda mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan choralar ko‘rish bo‘yicha taklif kiritadi;
    b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida tumanda joylashgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bog‘liq davlat mulki obyekti bo‘lgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlar, shuningdek, turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati bo‘lgan yer uchastkalari direksiyaga keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) realizatsiya qilish uchun o‘tkaziladi;

    v) “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida joylashgan hamda ushbu bandning “b” kichik bandiga asosan direksiyaga o‘tkazilgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini realizatsiya qilish direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;

    g) erkin turistik zona hududida joylashgan yer uchastkalari yer fondini bir toifadan boshqasiga o‘zgartirish, uni turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun ajratish erkin turistik zona Ma’muriy kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunda yer uchastkalari egalariga Toshkent viloyatining boshqa hududlaridan faoliyat turiga mos yer uchastkasi va yetkazilgan zararni qoplash nazarda tutiladi;

    d) tumanda joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini yuritish uchun elektron onlayn auksion orqali sotuvga qo‘yish direksiya qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;

    e) erkin turistik zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini sotib olgan investorlarga yer uchastkasiga bo‘lgan egalik huquqlari istisno tariqasida Toshkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylashtiriladi;

    j) tumanda (erkin turistik zona hududida joylashgan yer uchastkalari bundan mustasno), shu jumladan, o‘rmon fondi yerlarida yer uchastkalarini ajratish, ko‘chmas mulkni buzish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani qurish bilan bog‘liq qarorlar direksiya bilan majburiy tarzda kelishiladi;

    z) tuman hokimi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar va soliq bo‘linmalarining rahbarlari esa maqomi, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha tegishlicha ushbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;

    i) barcha davlat boshqaruvi organlarining respublika darajasidagi rahbar (o‘rinbosar)laridan biri bir vaqtning o‘zida ularning tumandagi tegishlicha hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun biriktiriladi;

    k) direksiya direktoriga quyidagi vakolatlar beriladi:

    • xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari bilan investitsiya, kredit, moliyaviy yordam va grantlar jalb etish bo‘yicha kelishuvlar (memorandum, shartnomalar) tuzish;
    • tumanda joylashgan yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
    • hududda joylashgan davlat mulki obyektlarini garovga qo‘yish orqali kreditlar olish va jalb qilish;
    • o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida nufuzli konsalting kompaniyalari, hududda barpo etilayotgan yirik obyektlarni loyihalash va qurilish ishlariga nufuzli xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalar hamda malakali ekspertlarni jalb qilish;
    • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida erkin turistik zona hududida yashil zonalarni tashkil qilish, ayrim hududlarda esa tabiatga zarar keltiradigan xo‘jalik faoliyatini, shu jumladan, chorvachilik, dehqonchilik, yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish taqiqlangan zonalarni belgilash;
    • aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan ayrim davlat xizmatlarini autsorsing tizimi asosida tashkil etish;
    • aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bog‘liq davlat mulki obyektlari bo‘lgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarni ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqaruv kompaniyalariga berish.
    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

    Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq, istisno tariqasida, 2020-yil 1-sentabrdan boshlab:

    • tumanda litsenziya va ruxsatnoma berishdan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimadan respublika va viloyat mahalliy budjetiga tushadigan mablag‘lar va bojlar to‘liqligicha tuman mahalliy budjetiga;
    • tuman hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari), shuningdek, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar to‘liq Jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
    Alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi davrida tuman hokimligi faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
    • aholi bandligi va daromadlarini oshirish;
    • ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish;
    • ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, shu jumladan, ta’mirtalab ta’lim, tibbiyot tashkilotlarini zarur anjomlar, buyumlar, aloqa va kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash;
    • tuman iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi hamda mahsulotlar (xizmatlar) eksportini oshirish;
    • tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahalliy byudjetning daromadini ko‘paytirish, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini kamaytirish;
    • yo‘l-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda axborot-telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish;
    • ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash, shu jumladan, chiqindilarni zamonaviy utilizatsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.
    Vazirlar Mahkamasi (Abdulla Aripov) bir oy muddatda tuman hokimligi faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlaydi.

    Tuman hokimligiga quyidagi qo‘shimcha asosiy ustuvor vazifalar yuklandi:

    • ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirish;
    • xususiy sektorda turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida keng targ‘ib qilish;
    • zamonaviy turistik infratuzilma obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar, restoran va kafelar hamda turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)da turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni ta’minlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish;
    • tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish va loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shu jumladan, turizmni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalarini zonalar va lotlarga ajratish ishlarini tashkil etish;
    • tumanning turistik salohiyatini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
    • turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;
    • transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni ta’minlash;
    • turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini tumanda diversifikatsiya qilinishini ta’minlash;
    • respublika ichida turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi tumanning ichki turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
    • tashrif buyurgan turistlarning xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    • energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizimni yaratish;
    • tumanda istiqomat qiluvchi aholini turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash choralarini ko‘rish;
    • tumanda ishlab chiqilgan turizm mahsulotlarining xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilinishini ta’minlash, tumanning sayohat va dam olish uchun xavfsiz hudud sifatidagi imijini mustahkamlash;
    • xalqaro reytinglarga asosan turizmni rivojlantirishga yetakchi xorijiy mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Yaponiya va Koreya kabi mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qilish;
    • jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etgan holda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish sport bazalarini hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalari o‘tkazishga mo‘ljallangan yozgi va qishki sport obyektlari va inshootlarini barpo etish choralarini ko‘rish;
    • tumandagi sport bazalari hamda sport obyektlari va inshootlaridan samarali foydalanilishini ta’minlash, sport turlari bo‘yicha mahalliy va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini, shuningdek, nufuzli xalqaro sport musobaqalarini tashkil etish orqali sport turizmini rivojlantirish;
    • ommaviy va professional sportni, shu jumladan, yozgi va qishki sport turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
    • turistik va ijtimoiy infratuzilma hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishga xalqaro moliya institutlari grantlari va mablag‘larini jalb etish hamda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish.
    Vazirlar Mahkamasi (Abdulla Aripov):

    a) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:

    • investitsiyalarni, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish, tumanning eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish;
    • tumanda yangi turistik va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, shu jumladan, mehmonxona, umumiy ovqatlanish, madaniy ko‘ngilochar maskanlari, dam olish va sayil qilish uchun yashil zonalar, parklar sonini keskin ko‘paytirish, sohada yangi xizmatlar turlarini kengaytirish, transport va logistikani rivojlantirish;
    • yo‘l-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
    • tumanning barcha hududlarida, shu jumladan, tog‘li va olis qishloqlarida axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, axborot, aloqa, internet xizmatlari sifatini oshirish;
    • ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali aholi turmush tarzini yaxshilash;
    b) ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur Farmonda belgilab berilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun 2020-yil 1-dekabrga qadar tumanda mutlaqo yangi o‘zini o‘zi boshqarish tizimini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasiga takliflar kiritadi.

    Eslatib o‘tamiz, avgust oyi o‘rtalarida Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati juda yuqoriligiga qaramasdan, uzoq yillar davomida bundan yetarlicha foydalanilmaganini ta’kidlagandi. Shu sababli, davlat rahbari ushbu hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga (hozirda bu lavozimni Aziz Abduhakimov egallab turibdi) parallel ravishda, yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini yuklatish taklifini bergandi.

    Mavzuga doir: Bo‘stonliq tumaniga Jo‘rabek Ahmedov hokim etib tayinlandi

    28.08.2020, 10:30   Izoh (0)   31959
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirus qurboni bo‘lgan to‘rt nafar tibbiyot xodimi “Jasorat” medali bilan mukofotlandi

    28.08.2020, 10:07

    Bo‘stonliq tumaniga yangi prokuror, IIB va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi

    28.08.2020, 09:54

    Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi yosh kelin-kuyovlarga o‘z tavsiyalarini berdi

    28.08.2020, 09:38

    O‘zbekiston 2020-yilning avgust oyiga qadar 52,5 tonna atir import qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15,8 tonnaga kam

    28.08.2020, 08:52

    TIV rahbari: “Markaziy Osiyo davlatlari XXI asrda hamkorlik haqida hujjat tayyorlashmoqda”

    28.08.2020, 07:53

    Toshkentda avtobuslar 30, 31-avgust va 1-sentabr kunlari dam olish kuni hisobida harakatlanadi

    28.08.2020, 07:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    Madaniyat | 30 may, 09:26

    Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 09:15

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.