Avval xabar berilganidek, O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlanadi. Ularda abituriyentlarning ota-onalari uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi.

Toshkent shahar hokimligi 25-avgust kuni poytaxtdagi test sinovlari o‘tkaziladigan joylar va abituriyentlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etdi. Unda jurnalistlar Toshkent shahrida imtihon topshiriladigan 4 ta manzil bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Talabalar shaharchasi xiyoboni

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Olmazor tumani hududida 2 ta nuqta: 76 ta guruhda 2280 nafar abituriyentga mo‘ljallangan Talabalar shaharchasi xiyoboni va 16 ta guruhda 480 nafar abituriyentga mo‘ljallangan ‘G‘alaba bog‘i’ hududidagi yopiq sahna maydoni imtihon o‘tkazish uchun tayyorlangan. Bugungi kunga qadar markazlashgan tarzda mebel, ya’ni parta, stol-stul, kerakli jihozlarni tayyorlashda Uchtepa va Mirobod tuman hokimliklari bilan birga shay holatga keltirilgan.

Husniddin Mamadiyev, Olmazor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Aytish kerakki, ushbu hududda 24-avgustdan 29-avgustgacha Rossiyaning ikki oliy o‘quv yurti: D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining 398 nafar abituriyenti va “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti (MTYaU) Toshkent filialining 722 nafar abituriyenti imtihon topshirishi rejalashtirilgan. 29-avgust kuni ushbu ta’lim muassasalariga tana harorati sabab imtihonga kira olmaganlar uchun alohida tarzda tashkil etiladi.

Talabalar shaharchasi xiyobonida 2-sentabrdan boshlanadigan 14 kunlik kirish imtihonlari uchun biohojatxonalar, stol-stullar 2280 abituriyent va 76 nafar kuzatuvchi uchun ajratilgan. Abituriyentlar alohida-alohida parta va stullarda o‘tiradi. Har bir 30 nafar abituriyentdan iborat guruhga 1 nafar kuzatuvchi ajratiladi. Zaxira uchun ham mebel jihozlari hokimlik tomonidan ajratib qo‘yilgan. Yomg‘ir yog‘ish ehtimolini inobatga olgan holda daraxtlarga soyabon tarzida tortiladigan tentlar shay holatga keltirilgan. 2-sentabrdan boshlab Talabalar shaharchasiga kirib-chiqish yo‘llari imtihon vaqtida yopilishi ko‘zda tutilgan.

“G‘alaba bog‘i” hududidagi yopiq sahna

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Olmazor tumanidagi imtihon o‘tkaziladigan ikkinchi nuqta, “G‘alaba bog‘i” hududidagi yopiq sahnada jami 480 nafar abituriyent 16 ta guruhda, 16 nafar kuzatuvchi ishtirokida test topshiradi.

Hududda: jami 27 ta kamera o‘rnatilgan. Ular shaxsni aniqlovchi kamera, 360 darajali kamera, translyatsiya qiluvchi kamera, yo‘naltirilgan kameralarga bo‘linadi.

Botanika bog‘i

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Botanika bog‘ida kirish imtihonlarida test topshiruvchi abituriyentlar uchun 720 ta o‘rin tashkil etilgan. Bog‘ning yo‘lak qismida 300 kishilik o‘rin, sahna tomonida 420 kishilik o‘rin ajratilgan. Yo‘lak qismi ochiq bo‘lgani sababli agar yomg‘ir yog‘sa, o‘sha kungi imtihonlar boshqa sanaga ko‘chiriladi. 24 ta guruhni 48 nafar kuzatuvchi nazorat qiladi. Ta’kidlash kerak, kuzatuvchilarning ham zaxirasi shakllantiriladi. Shuningdek, ikki nafar bino rahbari faoliyat ko‘rsatadi. Har bir guruhlarga alohida-alohida kameralar o‘rnatilgan. Bog‘ hududining o‘zida 30 ta kuzatuv kamerasi ishlaydi. Abituriyentlar Bog‘ishamol ko‘chasi tarafdagi markaziy darvozadan kiritiladi.

Dezinfeksiya ishlari ikki smenada olib boriladi. Maxsus guruhlar har bir parta, stullarni, o‘rindiqlarni dezinfeksiya qilib, keyingi kirish imtihonlarining smenasiga tayyorlaydi. Abituriyentlarni tekshiruvdan o‘tkazish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 8 guruhdan iborat tibbiyot xodimlarining ishlashi ko‘zda tutilmoqda.

Jahongir Nabiyev, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari

“Paxtakor” futbol klubi stadioni

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Stadionda kirish imtihonlari uchun stol-stullarni joylashtirish jarayoni ketmoqda. Imtihonlar vaqtida hudud 3 ta: A, B, C sektorlariga bo‘lingan. Ularning ichida eng kattasi A sektor bo‘lib, u yerda 1030 nafar, B sektorda 785 nafar, C sektorda esa 630 nafar, jami 2520 nafar abituriyent test topshirishi mumkin. 84 ta guruhda 84 nafar kuzatuvchi ishlaydi.

Masalan, B sektorning uzunligi 800 metr bo‘lib, eniga 16 metr. Biz 3 metr masofani favqulodda holatlarda yoki tez tibbiy yordam mashinalari uchun qoldiryapmiz.

Jamshid Abduraimov, Shayxontohur tumani, Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i

Ta’kidlash kerak, hududda 95 ta kuzatuv kamerasi, 8 ta identifikatsiya kamerasi ishlashi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni 2020-yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga cho‘zilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etish yuzasidan topshiriq berilgan.

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarini 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilayotgandi. Biroq mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilindi va keyinchalik karantin 15-avgustga qadar uzaytirildi. 22-iyulda AOKAda o‘tgan brifingda Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov imtihon cheklovlar 1-sentabrgacha davom etsa, sentabr oyida o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi 2020/2021-o‘quv yili qabuli uchun magistraturaga hujjat topshirgan va muayyan sabablarga ko‘ra arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga muammoni bartaraf qilish uchun 4-avgustdan 6-avgust soat 11:00 gacha vaqt bergan.

Avval Davlat test markazi O‘zbekistonda pandemiya sharoiti murakkab kechayotganligi, karantin cheklovlari bekor qilinmayotganligi yoki yumshatilmaganligi bois oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari test topshiruvchilar salomatligiga zarar yetmaydigan vaziyat kelgunga qadar keyinga surilishi va bu haqda jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilishini bildirgandi.