Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Samarqand quduq” MFY yashovchi ayol o‘z onasining joniga qasd qilgan. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 23-avgust kuni 1996-yilda tug‘ilgan, turmushdan ajrashgan ayol 1978-yilda tug‘ilgan onasiga o‘ziga tegishli hujjatlarni berishini va vodiy viloyatlaridan biriga borib, J.B. ismli fuqaro bilan turmush qurishini aytganda mast holatda bo‘lgan onasining jahli chiqadi.
Shundan so‘ng ona va qiz o‘rtasida janjal yuzaga keladi. Oqibatda qiz o‘z onasining turli joylariga jahl ustida oshxona pichog‘i bilan urib, tan jarohati yetkazadi. Natijada ona shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etadi.
Qizga nisbatan qanday chora ko‘rilgani haqida xabar berilmagan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)