O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i etib Komil Rashidov tayinlandi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Komil Rashidov bunga qadar bosh vazirning maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri lavozimida ishlagan.
Avvalroq Komil Rashidov O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi sifatida ham faoliyat olib borgan.
Uning avval egallab turgan lavozimiga esa Mehriddin Xayriddinov tayinlangan.
Izoh (0)