UEFA Yevropa Chempionlar Ligasi finalidan keyin o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 34 yoshli darvozabon PSJga qarshi kechgan final bahsida (1:0) uchta seyv amalga oshirdi.
Noyer ushbu so‘rovnomada jamoadoshlari Kingsli Koman va Tiago Alkantara, shuningdek. PSJ himoyachisi Markinyosni ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Kingsli Koman e’tirof etilgandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)