Toshkent shahar Sergeli tumaniga Elbek Shukurov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.
Elbek Shukurov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2009-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
U 2018—2020-yillarda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-yil boshidan jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Sergeli tumanining avvalgi hokimi Baxtiyor Shomurotov avgust oyining boshida lavozimidan ozod etilgandi.
Avvalroq Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov va Yashnobod tumani hokimi Hojiakbar Tillashayxov lavozimlaridan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)