O‘zbekistondan xorijga ruxsatnomasiz va deklaratsiyasiz olib chiqish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori 2020-yil 1-sentabrdan boshlab oshiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 10-avgustdagi qarori bilan tasdiqlandi.
Qarorga asosan jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy naqd pul valyutasini olib kirish va olib chiqish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, 100 million so‘mgacha ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani mamlakatdan hech qanday ruxsatnomasiz olib chiqish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 70 million so‘mgacha bo‘lgan ekvivalentdagi mablag‘lar uchun deklaratsiya talab qilinmaydi.
Qaror qabul qilingan vaqtda mazkur mablag‘lar miqdori mos ravishda 9750 va 6800 dollarni tashkil etardi.
Mazkur o‘zgarishga qadar O‘zbekistondan ruxsatnomasiz 5000 dollargacha, deklaratsiyasiz esa 2000 dollargacha miqdordagi naqd xorijiy valyutani olib chiqish mumkin edi.
Izoh (0)