• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholi bilan ishlashda yangi, shaffof va adolatli tizim yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-avgust kuni pandemiya davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Koronavirus tarqalishi sabab iqtisodiy faollik cheklangani odamlarning ro‘zg‘origa o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bunday sharoitda vaqtincha ishsiz qolgan, daromad manbasini yo‘qotgan va og‘ir ahvolda kun kechirayotgan aholini qo‘llab-quvvatlash, ularga yordam qo‘lini cho‘zish dolzarb vazifa hisoblanadi.

    “Prezidentimizning 30 iyul kuni qabul qilingan ‘Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi farmoni shu borada juda muhim qadam bo‘ldi. Hujjatga muvofiq, byudjetdan qo‘shimcha 2 trillion so‘m ajratilib, ushbu mablag‘lar 1 million 700 ming nafar yordamga muhtoj aholi, 3 million 700 ming nafar pensioner va joriy yil yakuniga qadar qo‘shimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yo‘naltirilishi belgilangan.

    Xususan, o‘tgan 5 kunda ehtiyojmand oilalarga jami 148 milliard so‘m moddiy yordam tarqatildi. Avgust oyida 1 million 700 ming aholi va 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimlariga 780 milliard so‘m to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

    Kerakli paytda kerakli madad olib, xalqimiz bu ishlardan rozi bo‘lmoqda. Shu bilan birga, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatlarini to‘g‘ri va haqqoniy shakllantirish, ajratilgan mablag‘larni adolatli tarqatish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi”, — deyiladi xabarda.

    Yig‘ilishda aholiga ijtimoiy yordam to‘lovlarini yetkazib berish bo‘yicha sektor rahbarlari va mahalla mutasaddilarining mas’uliyatiga e’tibor qaratildi.

    Davlat nozirlik organlariga mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanishi va to‘lanishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatish, qonun buzilish holatlarining oldini olish topshirildi.

    Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholi bilan ishlashda yangi, shaffof va adolatli tizim yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Prezidentning 4-avgust kuni imzolangan “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda Ijtimoiy himoya yagona reyestri joriy etilishi belgilandi.

    Mazkur tizim Sirdaryo viloyatida tajribadan o‘tib, o‘z samarasini ko‘rsatgani va joriy yil yakuniga qadar uni barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etilishi ta’kidlab o‘tildi.

    Davlat tomonidan ijtimoiy yordamlar ko‘lami kengaytirib borilishi jarayonida ushbu yangi tizimning muhimligiga e’tibor qaratildi. Jumladan, ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni hozirgi 600 mingdan joriy yil oxirigacha 1 million 200 ming, 2021-yilda esa 1 million 500 minggacha yetkazilishi belgilangan. Bu borada Yagona ijtimoiy reyestr orqali barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida berilishi ko‘zda tutilgan.

    Eng muhimi, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab, kam ta’minlangan oila maqomini olish uchun fuqarolardan hozirgidek 12 ta idoradan 30 dan ziyod ma’lumotlar talab qilinmaydi. Ehtiyojmand oilalarga 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlar oson va qulay tarzda taqdim etiladi.

    Yig‘ilishda yordam pullariga muhtoj oilalar ro‘yxati mahallalar kesimida adolatli tuzilib, xalq deputatlari mahalliy kengashlarida tasdiqlanishi lozimligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mablag‘larni adolatli taqsimlashda mahalla va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy yordamni maqsadli yetkazib berishga nuroniylar va faollarni jalb etish muhimligi aytildi.

    Shu bilan birga, 50 ming nafar tez tibbiy yordam xodimi uchun ajratilgan 200 milliard so‘m mukofot pullarini ham ortiqcha qog‘ozbozliksiz, o‘z vaqtida tarqatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Videoselektor yig‘ilishida vazirlar, hokimlar va sektor rahbarlari hisobot berdi.

    Mavzuga doir: 

    • Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksinani xarid qilish masalasini o‘rganishga bir hafta muddat berdi 
    • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda mahalla idoralarining ishtiroki keskin kuchaytiriladi

    04.08.2020, 22:13   Izoh (0)   26459
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chirchiqdagi shifokorlar: “Mehnat shartnomasi yo‘q, bemorlar uchun dorilar yo‘q”

    04.08.2020, 22:07

    O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi tayinlandi

    04.08.2020, 21:52

    Moddiy yordam puli bo‘yicha mojaro kelib chiqqan Sergelidagi “Humo” mahallasi bo‘lib yuboriladi

    04.08.2020, 21:23

    Toshkent shahar FVB qo‘lbola kislorod uskunalaridan foydalanish xavfli ekanini ma’lum qildi

    04.08.2020, 21:08

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlari iqlimga mos himoya kiyimlaridan foydalanishga o‘tishini ma’lum qildi

    04.08.2020, 20:24

    Internetda xorazmlik ayollarning “samosud”i videosi tarqaldi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan

    04.08.2020, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.