Buyuk Britaniyada yashovchi 35 yoshli Fotima Bridl koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotib, u yerda 141 kun davomida davolandi. Bu haqda The Mirror xabar qilgan.
Britaniyalik shifokorlar Marokashdan qaytganidan keyin koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganini aniqlagan va karantin e’lon qilinishidan avval shifoxonasiga yotqizilgan bemorning tuzalganini ma’lum qildi.
Bridlda koronavirus kasalligi og‘ir shaklda o‘tgan, uning o‘pkasi ishlamagan, shu sababli ayol uzoq vaqt davomida jonlantirish bo‘limida yotgan. Fotima bir yarim oy davomida sun’iy koma holatida, o‘pkaga sun’iy nafas beruvchi maxsus apparatga ulab qo‘yilgan holatda davolangan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur apparatga ulangan vaqtda Bridlning yashab qolish imkoniyati 40 foizni tashkil qilgan, kundan kunga vaziyat yomonlashib borgan.
Ayol umrining qolgan qismini bitta o‘pka bilan o‘tkazadi. Ayni vaqtda u mushaklardagi holsizlik tufayli mustaqil harakatlana olmaydi. Bridl maxsus yurish aravasidan foydalanadi va jismoniy mashqlarni bajarib mushaklar faoliyatini asta-sekin tiklashga umid qilmoqda.
Avval olimlar Xitoydagi tezkor poyezdlar tajribasidan olingan ma’lumotlar asosida temiryo‘l orqali manzilga borganda koronavirus yuqtirib olish xavfi kamligini aniqlagandi. Tadqiqot natijasiiga ko‘ra Xitoy tezkor poyezdi yoki unga o‘xshash muqobil variantda COVID-19 yuqtirib olish xavfi 0-10 foizni tashkil qiladi.
Izoh (0)