Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) futbolchilarning maydonda o‘zini tutishi borasida hakamlarga yangi tavsiyalar berdi.
The Times nashrining xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli yangi mavsumdan boshlab hakamlar o‘zi yoki raqib o‘yinchisi qarata ataylab yo‘talgan futbolchilarni maydondan chetlatishi kerak bo‘ladi.
Ammo futbolchilarning golni nishonlash vaqtida ijtimoiy masofani saqlamagan va maydonga tupurgan futbolchilarni jazolash hakamlar zimmasiga yuklatilmagan.
Futbol assotsiatsiyasining yangi ko‘rsatmalari mamlakatning barcha rasmiy musobaqalariga, jumladan Premyer Liga, Chempionship, Angliya Kubogi va Liga Kubogi uchun amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Angliyada 2020/2021-yilgi mavsum 29-avgust kuni “Liverpul” va “Arsenal” o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi bilan boshlanadi. Premyer Liganing birinchi tur o‘yinlari esa 12-sentabr sanasiga belgilangan.
Izoh (0)