Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha ramziy terma jamoani e’lon qildi.

Angliyalik sobiq hujumchi Alan Shirer Premyer Liganing mavsum ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Ma’lumot uchun, Shirer APLning maxsus ekperti sifatida har turdan so‘ng ramziy terma jamoani aniqlab beradi.

Mazkur ramziy terma jamoadan chempion “Liverpul”ning besh nafar futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, ikki nafar “Manchester Siti” hamda bir nafardan “Byornli”, “Manchester Yunayted”, “Sheffild Yunayted” va “Lester” o‘yinchilari joy oldi.

Darvozabon: Nik Poup (“Byornli”);

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endryu Robertson (barchasi — “Liverpul”), Kris Basham (“Sheffild Yunayted”);

Yarim himoyachilar: Jordan Henderson (“Liverpul”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”);

Hujumchilar: Rahim Sterling (“Manchester Siti”), Sadio Mane (“Liverpul”), Jeymi Vardi (“Lester”).

Foto: APL

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!