“Gannover” klubi himoyachisi Valdemar Anton faoliyatini “Shtutgart”da davom ettiradi. Bu haqda “Shtutgart” rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 24 yoshli futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 2024-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfer 4 million yevroga baholangani xabar qilinmoqda.
2019/20-yilgi mavsumda Anton ikkinchi Bundesligada 30 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Shtutgart” 2020/21-yilgi mavsumda Bundesligada o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, Valdemar Anton Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tug‘ilgan, keyinchalik u oilasi bilan Germaniyaga ko‘chib ketgan. “Gannover” klubi tarbiyalanuvchisi 2015-yildan buyon asosiy jamoada o‘ynab kelardi.
2016-yilda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Antonni O‘zbekiston terma jamoasiga taklif qilish bo‘yicha muzokaralar olib borgani haqida xabarlar bor. Biroq undan keyin ushbu masala ochiqligicha qolgan. 2016-yilda futbolchi Germaniya yoshlar terma jamoasi safida bitta o‘yin o‘tkazgan. O‘sha yili Valdemar Rossiya terma jamoasida o‘ynashga qarshi emasligini aytgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)