Futbol bo‘yicha Qatar yulduzlar Ligasining 18-turida “Qatar” 24-iyul, juma kuni “Ar-Rayyon”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Sardor Rashidovning uzatmasidan keyin Kayke Rodriges mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq mehmonlar bunga ikkita gol bilan javob qaytardi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida Yosin Ibrohimi penaltini aniq bajargan bo‘lsa, 84-daqiqada Yoan Boli g‘alaba to‘pini kiritdi.
Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov 89-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa mavsum restartini mag‘lubiyat bilan boshlagan “Qatar” 17 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi. “Rayyon” (41) esa 2-pog‘onada ketmoqda.
Qatar yulduzlar Ligasi
18-tur bahsi
24-iyul, juma
“Qatar” — “Ar-Rayyon” 1:2
Gollar: 1:0 – 10 Kayke, 1:1 – 40, penalti Ibrohimi, 1:2 – 84 Boli.“Qatar”: Jasim Odil, Ar-Robiay, Baqsh, Galves, Al-Amadi, Hamad Mansur (Abdulaziz Odil, 75), Xolid Mahmudi, Barrahma, Rashidov (Ali Auad, 89), Ahmad, Kayke.
“Ar-Rayyon”: Fahad Yunis, Nkom, Traore, Merkado, Ismoil, Ibrohimi, Hatim, Maqsud (Soriya, 72), Xolid Mufta, Auad (Al-Harozi, 45), Boli.
Ogohlantirishlar: Baqsh (5), Ibrohimi (45), Ar- Robiay (52), Mahmudi (55), Boli (55).
Chetlatish: Mahmudi (87).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)