O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Savdo-sanoat palatasi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga (SSP) restoran biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadigan bir qator tadbirkorlar ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi choralar ko‘rishga yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.SSP mutaxassislari Prezident ma’muriyatiga joriy qilingan qattiq karantin choralari tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan restoran biznesi hamda ovqatlanish joylarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator zarur va shoshilinch choralarni taklif qilingan ishchi xatini yubordi.
Savdo-sanoat palatasiga taqdim etilgan takliflar natijalariga ko‘ra, manfaatdor vazirliklar va idoralar Prezident qarori loyihasini tayyorladi, unga muvofiq tadbirkorlikni, xususan, umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil oxiriga qadar quyidagi choralar ko‘riladi:
• bir qator soliq imtiyozlari muddati uzaytiriladi;
• yollangan ishchilar sonining ko‘paytirishga ruxsat beriladi;
• yon hududda yozgi terrasalarini joylashtirish tartibini joriy etiladi;
• umumiy ovqatlanish va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning ish vaqtini 24 soatgacha uzaytiriladi va boshqalar.
Hozirgi vaqtda farmon loyihasi tadbirkorlar va Savdo-sanoat palatasining jamoat ekspertizasi ishchi guruhining takliflarini hisobga olgan holda yakunlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10-iyul kuni joriy qilingan karantin choralari tufayli umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati (yetkazib berish xizmati bundan mustasino) to‘xtatildi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda iyun oyi uchun “palov indeksi” e’lon qilindi: Buxoro va Xorazm viloyatlarida osh qimmatladi
- Toshkent viloyati YHXB karantin payti shaxsiy “dacha”larga ham chiqishga ruxsat yo‘qligini ma’lum qildi
- O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olish darajasi bo‘yicha jamoat joylari va mashg‘ulotlar reytingi tuzildi
Izoh (0)