Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 38-turida “Barselona” 19-iyul, yakshanba kuni “Alaves” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvda katalonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 24-daqiqada Ansu Fati Lionel Messining uzatmasidan keyin mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib Messining o‘zi gol muallifiga aylandi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Luis Suares hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Tanaffusdan keyin “ko‘k-anorranglilar” yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Nelson Semedu aniq zarba yo‘llagan bo‘lsa, 75-daqiqada Messi dublini nishonlab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur g‘alabadan keyin Kike Setyen shogirdlari mavsumni ikkinchi o‘rinda, 82 ochko bilan yakunlaydigan bo‘ldi.

La Liga

38-tur bahsi

19-iyul, yakshanba

“Alaves” — “Barselona” 0:5

Gollar: 0:1 – 24 Fati, 0:2 – 34 Messi, 0:3 – 44 Suares, 0:4 – 57 Semedu, 0:5 – 75 Messi.

“Alaves”: Roberto, Magalyan, Laguardia (Tachi, 46), Marin, Agirregabiria, Mendes, Manu Garsiya (Feysa, 59), Kamarasa (Maxmud, 65), Berk (Rioxa, 46), Xoselu, Lukas Peres (Pere Pons, 46).

“Barselona”: Neto, Langle (Semedu, 50), Arauxo, Serxi Roberto, Alba, Vidal, Buskets (de Yong, 59), Puch, Fati (Breytueyt, 78), Suares, Messi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!