“Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar 2019/20-yilgi mavsumni faoliyatidagi eng yomoni deb atadi.
“Jarohatlar bo‘ldi, biroq umid qilamanki, ular ortda qoldi va keyingi yili yaxshiroq bo‘ladi. Umuman olganda bu mavsum u qadar ham dahshatli bo‘lmadi, chunki men “Real”ga o‘tishga va birinchi yiliyoq chempionatda g‘olib chiqishga erishdim. Bundan ortig‘i bo‘lmaydi.
Individual tomondan esa bu faoliyatimdagi eng yomon mavsum. Agar sodir bo‘lganlarni inobatga olsak, g‘alati mavsum, ammo u yaxshi tomonga o‘zgara oladi. Keyingi sovrin Chempionlar Ligasi kubogi bo‘lishi kerak, oson bo‘lmaydi, axir bizning raqib — “Manchester Siti””, — deydi Azar.
Joriy mavsum Azar “Real” safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va yettita golli uzatma amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi joriy mavsumda ikki marta jiddiy jarohat oldi va shu sabab bir necha oyni o‘tkazib yubordi. Futbolchi fevral oyidagi jarohatidan keyin mavsumni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgandi, biroq koronavirus sabab Azar restartdan keyin jamoasiga yordam berishga ulgurdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)