• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Pnevmoniyaga chalingan bloger Shahnoza Soatova kasallikdan qanday davolanayotganini aytib berdi

    O‘zbekiston adliya vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova o‘zida koronavirus belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, test topshira olmayotgani haqida avvalroq hikoya qilgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shahnoza Soatovaning ma’lum qilishicha, uning o‘ziga, onasiga va ukasiga ikki tomonlama zotiljam tashxisi qo‘yildi. U mazkur kasalikka qarshi qanday kurashayotganini aytib berdi.

    Taqdirda bor ekan, ikki tomonlama zotiljam (pnevmoniya) tashxisi menga, onamga va ukamga qo‘yildi. Hozir davolanyapmiz. O‘zimda his qilganlarim va shifokor tavsiyalaridan kelib chiqib, shuningdek, o‘quvchilarimdan kelayotgan iltimoslarga ko‘ra, quyidagilarni yozyapman, kimgadir foydasi balki tegar.
    1. Agar sizda COVID-19 alomatlari bo‘lsa, testdan ham avval shifokorga yuguring, chunki hozir vaqt siz uchun juda g‘animat.
    2. Test javobi manfiy chiqsa ham, to alomatlar yo‘qolmaguncha shifokor tavsiyalariga qat’iy amal qiling va o‘zingizni atrofdagilardan yakkalang. Orada bir-ikki kun yaxshi bo‘lib qolganingizga aldanmang. Men ham orada ikki kun yaxshi bo‘ldim, ammo keyin mana zotiljam chiqdi.
    3. Nafas mashqlarini albatta qiling, tez-tez qiling, har soatda besh daqiqadan. Aniq foydasi bor. Menda saturatsiya 88 foizga tushib ketdi, nafas qisdi, nafas mashqlaridan keyin juda yengillashdim. Bugun saturatsiya 97 foiz. Nafas mashqlari internetda ko‘p. Juda oson va samaralisi bo‘sh plastik idishni (baklajka) g‘ijimlash va puflab joyiga keltirish. Har soatda 5 daqiqa va bir kundan keyin ahvol yaxshilanganini aniq sezasiz. Pufak puflash ham mumkin-u, bir yomon tarafi, puflangan pufakni bo‘shatganda, ichidagi havo uzoqlarga purkaladi, gigiyenaga to‘g‘ri kelmaydi.
    4. Suv ichish kerak, ko‘p-ko‘p, kuniga 7 litrgacha. Busiz tuzalib bo‘maydi!
    5. Ko‘p harakat qilish kerak. Aytishlaricha, harakatlanganda o‘pka yaxshiroq ishlaydi, 50-90 baravargacha yaxshiroq ishlaydi.
    6. Oz-ozdan tez-tez sifatli taom yeyish kerak.
    O‘zingizni ehtiyot qiling. Bir ho‘plam havoga zor yotganlarni o‘ylang, hozir kasallanish grafigi tikka bo‘lgan paytda virus yuqtirmaslik eng muhimi ekanini unutmang.

    Shu bilan birga, ayrim tashkiliy masalalarga doir fikrim. Testlar javoblari kechikishining sabablaridan biri — ba’zi jarayonlarda inson ishtiroki ko‘pligi, avtomatlashtirilmaganida. Masalan, test javobini qo‘lda yozib ma’lumotnoma tarzida berishyapti. Bu bir tomondan jarayonni sekinlashtiradi, ikkinchi tomondan xatoliklar ehtimolini oshiradi, uchinchi tomondan o‘rta tibbiyot xodimlarining virus yuqtirganlar bilan kontaktini ko‘paytiradi, to‘rtinchidan korrupsiyaga yo‘l ochadi (tezroq javobni olish uchun qistir-qistir imkoni paydo bo‘ladi). Shuni avtomatlashtirib, umumiy bazadan test topshiruvchining telefoniga SMS-xabar berish tarzida tashkillashtirish, barcha tibbiyot maskanlarini esa shu bazaga ulash mumkinmi? XXI asrda, menimcha, mumkin.

    Ikkinchi masala, tez yordam tanqisligiga olib kelayotgan muammolardan biri. Tez yordam kasallarni hududiy tegishlilik bo‘yicha kasalxonaga olib boryapti, ammo yo kasalxona eshigida 40-60 daqiqa kasalni topshira olmay, kutib vaqt yo‘qotyapti, yo u kasalxonadan bunisiga haydab sarson bo‘lyapti. Natijada boshqa kasallarga tez yordam yetib bormayapti. Shuni tartibga solish kerak. Ammo qanday qilib tartibga solish bo‘yicha taklifim yo‘q, afsuski.

    Hozir hamma o‘zini o‘ylayapti. Biroq, eng avvalo, tibbiyot xodimlarimizni o‘ylaylik. Biz ularni ayasak, ular bizga, yaqinlarimizga qarashadi. Ayniqsa, COVID-19 alomati borlar shifoxonalarda iloji boricha kamroq shifokor bilan kontakt qilishlari, doktorning telefon raqamini olib, ko‘proq telefon orqali muloqot qilishlari kerak. Shifokorlar kasal bo‘lsa, ahvolimiz battarlashadi.

    O‘zingizni ehtiyot qiling!

    Shahnoza Soatova, adliya vazirining maslahatchisi

    Avvalroq Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini va undan qanday tuzalganini ma’lum qilgandi. Jurnalist Barno Sultonova esa Toshkent shahridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlaridagi koronavirusga test topshirish bilan bog‘liq vaziyatni tanqid qilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanadi

    17.07.2020, 19:06   Izoh (0)   72675
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 6 oy davomida 81,7 mlrd so‘m budjet mablag‘lari noqonuniy sarflangani aniqlandi

    17.07.2020, 18:54

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 500 nafarga yaqinlashdi

    17.07.2020, 18:05

    Toshkentda koronavirusga chalingan 62 yoshli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi

    17.07.2020, 17:51

    Namanganda xonadon egalarini kaltaklab, 100 mln so‘m va 11 ming dollarni o‘margan niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

    17.07.2020, 17:39

    Peterburgda o‘zbekistonlik quruvchilar maosh talab qilib namoyishga chiqdi. O‘zbekiston konsuli voqea joyiga yetib borgan (video)

    17.07.2020, 17:10

    O‘zbekistonda Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanayotgani aytilgan sobiq harbiy 11 yilga qamaldi

    17.07.2020, 16:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy bank ikki oyda 23 ta bankni jarimaga tortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 08:48

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsga olindi

    Dunyo | 13 avgust, 08:30

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.