“Portu” klubi futbol bo‘yicha Portugaliya chempionatining 32-turida “Sporting”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muddatdan oldin chempionlik masalasini hal etdi.
“Ajdarlar” mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida asosiy ta’qibchisi “Benfika”ni 8 ochkoga ortda qoldirgan holda, chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Sporting” esa 3-pog‘onada bormoqda.
Qayd etish joiz, bu “Portu” uchun 29-chempionlik bo‘ldi. “Benfika”da esa ushbu sovrinlar soni 37 taga teng.
Izoh (0)