Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Portu” yarim himoyachisi Shoya Nakajima mashg‘ulotlarni qayta boshlashdan bosh torti, deya xabar qilmoqda A Bola.

Foto: A Bola

Foto: A Bola

Bunga yaponiyalik futbolchining koronavirusdan cho‘chiyotgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Futbolchi turmush o‘rtog‘ining sog‘lig‘ida muammolar bor, shu sabab yarim himoyachi ayolining hayotini xavf ostida qoldirishni istamayapti.

“Portu” murabbiylar shtabi futbolchini yaqinlashib kelayotgan uchrashuv qaydnomasiga kiritmadi. Portugaliyada mavsum 3-iyun, chorshanba kuni qayta boshlanadi. Unda “Portu” jamoasi “Famalikan” bilan kuch sinashadi.

Agar 25 yoshli futbolchi mashg‘ulot va o‘yinlarda ishtirok etishdan bosh tortishda davom etsa, uning klubdagi taqdiri so‘roq ostida qoladi.

Nakajimaning “ajdarlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan. Uning tovon puli 80 million yevroni tashkil qiladi.

2019-yilning yozida Qatarning “Ad-Duhayl”idan “Portu” safiga kelib qo‘shilgan Shoya joriy mavsum 28 o‘yin o‘tkazib, 1 gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi