Rossiya prezidenti Valdimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotlar rasmiy portaliga joylashtirilgan.
Unga ko‘ra, chet elliklar mavjud fuqaroligidan voz kechmagan holda Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin. Ota-onasidan biri Rossiya fuqarosi bo‘lgan, er-xotindan biri Rossiya fuqarosi va nikohda umumiy farzandlari bo‘lgan chet el fuqarolari, shuningdek, Rossiyada doimiy yashaydigan chet el fuqarolari hamda rus tili tashuvchilari soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin.
Bundan tashqari, Belarus, Qozog‘iston, Moldova va Ukraina fuqarolari, shuningdek, SSSR fuqaroligi bo‘lgan va uning tarkibiga kirgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchilar uchun ham Rossiya pasportini olish jarayonlari yengillashtirilgan.
Endilikda Rossiya fuqaroligini olish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun barmoq izlarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish timiz joriy etiladi.
Avvalroq Rossiya fuqaroligini olishda Ukraina va Belarus fuqarolari uchun rus tilini bilishni talab qiluvchi majburiy imtihonni bekor qiladigan federal qonun kuchga kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)