• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy sud Bo‘stonliqdagi “snos”lar bo‘yicha uyushtirilgan press-turda sudyalarning qatnashganiga izoh berdi

    Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga noqonuniy qurilgan obyektlarning buzilishi masalasida uyushtirilgan press-turda Oliy sud rahbariyati ishtirok etgandi va bu ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xususan, Telegram’dagi “davletovuz” kanali: “Bugun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida noqonuniy dala hovlilarning buzilishi bo‘yicha press-tur tashkillashtirilibdi. Press-turda Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov hududda olib borilayotgan ‘snos’ ishlari bo‘yicha izoh bergan va albatta, ‘snos’larning o‘rinli ekanligini qayd etgan.

    Oliy sud rahbariyatining bunday tadbirlarda ishtirok etishi, nazarimizda, sudlarning obro‘siga, mustaqillik prinsiplariga to‘g‘ri kelmaydi. Shu joyga borganining o‘ziyoq va bunday intervyu bergani, ayniqsa, uning mazmuni kelajakdagi sud ishlari uchun noxolislik taassurotini uyg‘otishi mumkin. Sud o‘zining ishini, ijro organi o‘zining ishini qilgani ma’qul”, — deb yozgan.

    Mavzuga doir: “‘Dacha’larning aksariyati xavfsizlik talablariga javob bermaydi”. Oliy sud raisi o‘rinbosari Bo‘stonliqdagi “snos”lar haqida

    Oliy sud bu kabi fikr-mulohazalarga o‘z munosabatini bildirdi va nima sababdan press-turda Oliy sud vakillari ishtirok etganiga izoh berdi.

    Oliy sud tomonidan ta’kidlanishicha, Bo‘stonliq tumaniga uyushtirilgan press-tur tashkilotchisi Oliy sud emas. Ayni tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdir, bu jarayonda noqonuniy qurilmalarni buzish yuzasidan Oliy sud sudyalari tomonidan qabul qilingan sud qarorlariga tushuntirish berish bo‘lgani bois Oliy sud rahbariyati tashkilotchi ishchi guruhi press-tur ishtirokchilari bo‘lgan jurnalist va blogerlarning qat’iy talabiga ko‘ra, ishtirok etish haqidagi taklifni qabul qilgan.

    “Qolaversa, sud hujjatlariga tushuntirish berish sudning to‘g‘ridan to‘g‘ri vakolatiga kiradi. Shunga qaramay huquqiy tushuntirishlarni go‘yoki sud organi ijroiya hokimiyatiga ‘advokatlik qilish’ tariqasida talqin qilib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali bong urish, yumshoq qilib aytganda, mas’uliyatsizlik va oqni qora deyishdan boshqa narsa emas”, — deyiladi Oliy sudning izohida.

    Qayd etilishicha, Bo‘stonliqdagi ayrim qurilmalarni buzishga oid nizolar o‘sha joyning o‘zida, ya’ni sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilmoqda.

    Ma’lum qilinishicha, nizolarni birinchi instansiyada Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgani sud qarorlariga nisbatan tomonlarning shikoyat berish huquqini cheklamaydi va bu press-tur jarayonida mas’ul shaxslar tomonidan alohida qayd etilgan.

    “Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibga rioya qilmasdan egallab olingan yer uchastkalari va bajarilgan qurilishlarni buzishdan o‘zgacha tartib belgilanmagan. Sud qarorlari asosida buzilishi belgilangan qurilmalarga oid hujjatlar qalbakilashtirilgani, buning ortidan o‘nlab shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, bir qancha shaxslar hibsga olingani inkor etib bo‘lmaydigan faktdir”, — deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir: “Ular orasida sobiq ‘zamhokim’lar bor”. Bo‘stonliqdagi “snos”lar yuzasidan bir qator mansabdorlar qo‘lga olingani ma’lum qilindi

    Oliy sud izohida aytilishicha, sud qarori bilan buzilishi belgilangan imoratlarning birortasi odam yashayotgan xonadon emas, balki aksariyati qurib bitkizilmagan qurilmalar, bitkazilgani ham dala hovlilarni tashkil etadi.

    Eslatib o‘tamiz, press-turda “snos”lar masalasiga Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov, bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov o‘z izohlarini bergandi.

    Mavzuga doir: “Bir kecha dam olish narxi 20 millionlik joylar ham bor”. Aziz Abduhakimov Bo‘stonliqdagi “dacha”larning narxini tanqid qildi

    06.07.2020, 22:58   Izoh (0)   14858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda

    06.07.2020, 22:46

    Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmaganini aytdi

    06.07.2020, 22:22

    Qarshi shahar hokimi ikki zapravka orasida klinika qurishga ruxsat berdi. Avvalgi hokimning shunday qarorini sud bekor qilgan edi

    06.07.2020, 21:57

    O‘zbekistonda yangi Ai-80 lyuks markali benzin sotuvga chiqarildi

    06.07.2020, 21:45

    Toshkentda avtomashinalarni jarima maydonidan chiqarish bo‘yicha onlayn tizim ishga tushirildi

    06.07.2020, 21:08

    Shavkat Mirziyoyev banklarni xususiylashtirish va transformatsiya qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

    06.07.2020, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.