• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi shahar hokimi ikki zapravka orasida klinika qurishga ruxsat berdi. Avvalgi hokimning shunday qarorini sud bekor qilgan edi

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev yonilg‘i quyish shoxobchasining muhofaza maydonidan xususiy klinika qurish uchun yer maydoni ajratib berdi. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan tadbirkor Baxtiyor Rahimovning aytishicha, hokim qarori bilan ajratilgan yer maydonida qad rostlayotgan xususiy klinika bemorlari zapravkaning 80 ming litrdan ortiq yonilg‘i saqlanadigan ombori yonida davolanishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bemorlar hayotiga katta xavf tug‘diradi.

    Baxtiyor Rahimov.

    Baxtiyor Rahimov.
    Foto: “Daryo”

    “Xususiy klinikaga davolanish maqsadida yotgan bemorlar sportchi emas-ku, yonilg‘i quyish shoxobchasi omborida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda yugurib, ko‘chaga chiqishga ulgursa, — deydi “Ta’minot savdo servis” MChJ rahbarligidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi mulkdori. — Qolaversa, xususiy klinika muhofaza maydonida qurilayotganligi sababli yonilg‘i saqlovchi omborimizga o‘t o‘chirish mashinalari kirib-chiqishi uchun yo‘l qolmayapti”.

    Shoxobchaning yonilg‘i ombori.

    Shoxobchaning yonilg‘i ombori.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, Baxtiyor Rahimov rahbarligidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasining muhofaza maydonida qad rostlayotgan Artro-Med xususiy klinikasi har ikki tomondan ham zapravkalar bilan o‘rab olingan.

    Yangi qurilayotgan xususiy klinika.

    Yangi qurilayotgan xususiy klinika.
    Foto: “Daryo”

    “Yangi qurilayotgan xususiy klinika chap tomonda benzin ‘apravka bilan, o‘ngdan esa gaz zapravka bilan o‘rab olingan, — deydi Baxtiyor Rahimov. — Qolaversa, sobiq hokim Jamshid Fozilov davrida tadbirkor uchun ajratib berilgan yer maydoni haqidagi qaror Qarshi shahar Ma’muriy sudining 2019-yil 30-dekabrdagi qarori bilan bekor qilingan. Boisi, shahar hokimining 2019-yil 4-apreldagi qaroriga ko‘ra, xususiy klinika uchun ajratilgan yer maydoni shahar hokimining 2018-yil 26-noyabrdagi qarori bilan fuqaro Mirzayev Mansurga issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydoni ichiga kirganligi aniqlangan”.

    Yangi qurilayotgan xususiy klinika.

    Yangi qurilayotgan xususiy klinika.
    Foto: “Daryo”

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, xususiy klinikani o‘ng tomondan o‘rab turgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi mas’ullari hududda klinika qurilayotgani bois beton g‘ishtda baland devor qurib, xavfsizlikni ta’minlashga urinmoqda. Biroq bu devor qay darajada xavfsizlikni ta’minlaydi, bunisi noma’lum.

    Gaz zapravka egasi tomonidan qurilayotgan devor.

    Gaz zapravka egasi tomonidan qurilayotgan devor.
    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahar Ma’muriy sudining 2019-yil 30-dekabrdagi hal qiluv qarorida aytilishicha, shaharning sobiq hokimi Jamshid Fozilov tomonidan imzolangan 2019-yil 4-apreldagi xususiy klinika qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qaror shahar Qurilish bo‘limi tomonidan taqdim etilgan noto‘g‘ri ma’lumot sababli chiqarilgan bo‘lib, aynan shu sabab sud tomonidan bekor qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Biroq shaharning yangi hokimi Normo‘min Xolboyev 2020-yil 3-iyun kuni sobiq hokim Jamshid Fozilov tomonidan 2019-yil 4-aprel kuni imzolangan va sud tomonidan bekor qilingan qarorni “qonun talablariga muvofiqlashtiryapmiz” deb, yana yonilg‘i quyish shoxobchasining muhofaza maydonidan Artro-Med xususiy korxonasiga 40 sotix yer ajratib berish haqida qaror chiqaradi.

    Foto: “Daryo”

    Vaholanki, viloyat bosh arxitektori Sh.Qurbonovning 2020-yil 18-maydagi Qarshi shahar hokimiga yozgan bildirish xatida yonilg‘i quyish shoxobchasi uy-joy va jamoat binolari, odamlar ko‘p to‘planadigan maskanlardan 60 metr uzoqlikda bo‘lishi lozimligi eslatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i M.Ahmedov ham 2020-yil 7-maydagi xulosasida Artro-Med xususiy klinikasi yonilg‘i quyish shoxobchasi muhofaza maydoniga kirib borganligini, yong‘in xavfsizligi uchun orqaliq masofa qoldirilmayotganligini ma’lum qilgan. Shunga qaramasdan shahar hokimi xususiy klinika qurish uchun ruxsat bergan.

    Foto: “Daryo”

    Hokimning ushbu qarori qay darajada asosli ekanligini bilish maqsadida Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev bilan bu haqda muloqot qildik.

    “Mutaxassislarimiz vaziyatni qayta o‘rganib chiqadi va ikki kun ichida batafsil ma’lumot beriladi. Agar yangi qurilayotgan xususiy klinika haqiqatdan ham yonilg‘i quyish shoxobchasining muhofaza zonasiga kirgan bo‘lsa, adolatli qaror chiqariladi”, — degan hokim bir hafta vaqt o‘tsa-da, na muammoni o‘rgandi va na bizning so‘rovimizga tayinli javob qaytardi.

    Klinika binosi va zapravka o‘rtasida qolayotgan masofa.

    Klinika binosi va zapravka o‘rtasida qolayotgan masofa.
    Foto: “Daryo”

    “Ayni paytda xususiy klinika qurilishi yakunlanmoqda. Klinika binosi va zapravka o‘rtasida 25 metr masofa qolgan. Men yong‘in xavfsizligi uchun besh metr balandlikda devor qurilib, shu masofa qolsa ham roziman. Texnikalar kirib-chiqishi uchun imkon bo‘lsa, bunga ham yo‘q demayapman. Ammo xususiy klinika rahbari yonilg‘i saqlovchi omborim yonidan qo‘shimcha binolar qurib, bemorlarning dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatishni, xullas zapravka tagiga qadar kirib kelishni maqsad qilgan. Xususiy klinika rahbarining ‘Menga hokimlik tomonidan qaror berilgan’ deya odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yishi meni xavotirga qo‘ymoqda”, — deydi “Ta’minot savdo servis” MChJ rahbarligidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi mulkdori Baxtiyor Rahimov.

    Baxtiyor Rahimov.

    Baxtiyor Rahimov.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Baxtiyor Rahimov “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida shaharning yangi hokimi Normo‘min Xolboyev dastlab xususiy klinika rahbariga zapravka oldiga tiqilmaslikni aytgan bo‘lsa-da, biroz muddat o‘tgach teskari tomonga o‘zgarganini va bo‘layotgan nohaqlikka jim qarab turganini aytmoqda.

    “Daryo” ushbu holat yuzasidan Qarshi shahar hokimligidan tayinli javob kutadi va mavzuga qaytadi.

    Mavzuga doir: 

    • “Hokim bizni ko‘chada qoldirmoqchi”. Qarshi hokimi tadbirkorlarni norozi qilib, ularning do‘konlarini buzib tashlamoqda
    • Qarshi shahar hokimligi “Tadbirkor muammosi hal etildi”, demoqda. 4 yildan beri sarson tadbirkor esa muammo haligacha yechim topmaganidan nolimoqda

    06.07.2020, 21:57   Izoh (0)   32405
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yangi Ai-80 lyuks markali benzin sotuvga chiqarildi

    06.07.2020, 21:45

    Toshkentda avtomashinalarni jarima maydonidan chiqarish bo‘yicha onlayn tizim ishga tushirildi

    06.07.2020, 21:08

    Shavkat Mirziyoyev banklarni xususiylashtirish va transformatsiya qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

    06.07.2020, 20:56

    Toshkentda karantin qoidalariga amal qilmagan avtobus haydovchilari va chiptachilari jarimaga tortiladi

    06.07.2020, 20:32

    “Bir kecha dam olish narxi 20 million so‘mlik joylar ham bor”. Aziz Abduhakimov Bo‘stonliqdagi “dacha”larning narxini tanqid qildi

    06.07.2020, 20:07

    O‘zbekistonda 7-iyul kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi

    06.07.2020, 19:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.