“Bavariya” PSJ himoyachisi Tangi Kuassini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
18 yoshli fransiyalik futbolchisi Myunxen klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Tangi bilan 2024-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
“Bavariya”ga o‘tganimdan juda xursandman. Bu klub katta va boy tarixga ega. Umid qilamanki, bu yerda ko‘p o‘yinlar o‘tkazaman. Buning uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.Kuassi PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2019-yildan beri asosiy tarkibda o‘ynab keladi. Koronavirus tufayli muddatdan oldin yakunlangan Fransiya chempionatining ushbu mavsumida himoyachi 6 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.Tangi Kuassi, futbolchi
Izoh (0)