“Yuventus” klubi “Bazel”ning 17 yoshli himoyachisi Albian Haydari bilan shartnoma imzoladi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv uch yilga mo‘ljallangan.
Futbolchi 2019/20-yilgi mavsumni “Bazel” yoshlar jamoasida o‘tkazdi. U shuningdek, Shveysariya U-17 terma jamoasida beshta o‘yin o‘tkazgan.
Avvalroq “Yuventus” “Barselona” yarim himoyachisi Arturni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)