Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holand faoliyatidagi eng yaxshi golni tanladi.
19 yoshli norvegiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan ikkinchi (o‘sha o‘yinda Holand dubl qayd etgan) golini yodga oldi.
“Bu mening eng yaxshi golim. Men Chempionlar Ligasini yaxshi ko‘raman”, — deydi Holand.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi uchrashuvda PSJ “Borussiya”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Chempionlar Ligasining chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Holand joriy yilning yanvar oyida “Zalsburg”dan “Borussiya”ga ko‘chib o‘tgan. Bu mavsumda u Bundesligada 14 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)