• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Bizning asosiy xatoimiz — pulning qadriga yetmasligimiz!

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    117 gektar maydonni egallagan mazkur sanoat majmuasida qurilish materiallari, mashinasozlik va metallga ishlov berish, elektrotexnika, to‘qimachilik va tikuvchilik kabi yo‘nalishlarda umumiy qiymati 1 trillion 208 milliard so‘mlik 95 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

    Bugungi kunga qadar 66,9 milliard so‘mlik 32 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, 311,1 milliard so‘mlik ishlab chiqarish quvvatiga erishildi. Mazkur loyihalar to‘liq ishga tushsa, 7 ming 300 ta ish o‘rni yaratilib, yiliga 7,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi.

    Hozirgi kunda kichik sanoat zonasida shifer, po‘latdan choksiz truba, metall mahsulotlarini qayta ishlash, suv nasoslari va elektr dvigatellar, momiq sochiq, yirik suv sig‘imlari hamda plastik quvurlar va qismlar, paypoq va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbariga “Yuksalish” kichik sanoat zonasida Flat Tile mas’uliyati cheklangan jamiyatning kafel-keramika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi taqdim etildi. Qiymati 125 milliard so‘mga teng loyihaga tashabbuskorlar jamg‘armasidan 73 milliard so‘m va 52 milliard so‘m bank krediti sarflanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yiliga 35 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladigan loyiha bosqichma-bosqich 2021-yilning II choragida ishga tushiriladi va 410 ta ish o‘rni yaratiladi, shuningdek, yiliga 15,3 million dollarga teng eksport qilish ko‘zda tutilgan.

    — O‘zbekistonimizdek foydali qazilmaga boy zamin kamdan kam, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. — O‘zimizda shunday yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun g‘oyat keng imkoniyatlar, tabiiy resurslar bo‘la turib, ularni import qilardik. Nega? Chunki zamonaviy geologik tadqiqotlar, ekspeditsiyalar qilmasdik, ilm-fan orqali masalalarga yondashmasdik. Endi xomashyodan to‘g‘ri, unumli foydalanish, undan bugungi kun talablariga javob beradigan tovarlar ishlab chiqarish uchun ilmiy asoslangan yechimlar topish vaqti keldi!

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident kichik sanoat zonasi hududidagi erkaklar kostyumi, kurtka va palto ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zamin kiyim sanoat” korxonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Qiymati 24 milliard so‘mga teng loyihaga ko‘ra, yiliga 10 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 300 ming dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportga chiqariladi. 300 kishi ish bilan ta’minlanadi.

    Shavkat Mirziyoyev kichik sanoat zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan qator korxonalar mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Namangan viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati, shuningdek, hududda 2020—2021-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshiriladigan ishlar, o‘zini o‘zi band qilish yuzasidan batafsil taqdimotlar o‘tkazildi.

    — Bu kechagi Namangan emas. Juda qisqa fursat ichida 55 ming ish o‘rni yaratish, 13 trillion so‘mlik loyihalar ishlab chiqish — ushbu hudud tarixida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar olib kelishi aniq, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident mutasaddilarga muhokama qilingan har bir mavzu bo‘yicha chuqur tahlil asosida ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

    “Bizning asosiy xatoimiz — pulning qadriga yetmasligimiz! Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infrastrukturani rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish uchun ajratilayotgan mablag‘larning har bir so‘mini joyini bilib ishlatishimiz kerak! Mahsulot ishlab chiqarishda tannarxni kamaytirish, jumladan, transportirovka xarajatlarini tushirish uchun tinmay izlanishimiz lozim. Har bir masalada ilmiy, innovatsion yondashuvlar qo‘llashimiz zarur”, — deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Kichik sanoat zonasi hududidagi 100 dan ortiq korxonalar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    26.06.2020, 23:23   Izoh (0)   46228
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada kechasi Nexia’ni to‘xtatib, 36,7 mln so‘m pul va telefonni talonchilik yo‘li bilan olgan jinoiy guruh fosh qilindi

    26.06.2020, 23:09

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 5000 nafardan oshdi

    26.06.2020, 22:57

    Transport vazirligi O‘zbekistonda xorij davlatlari bilan xalqaro aviaparvozlar hali tiklanmaganini ma’lum qildi

    26.06.2020, 21:40

    Samarqandda Milliy gvardiya xodimi daryoda cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi

    26.06.2020, 21:11

    Urganchda 22 yoshli qizning intim suratlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, salkam 16 mln so‘m talab qilgan yigit ushlandi

    26.06.2020, 20:39

    Shavkat Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

    26.06.2020, 19:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” futbolchisiga A Seriyaning yetakchi jamoalari qiziqish bildirmoqda

    Sport | 6 avgust, 14:29

    Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlaydigan tibbiy uskuna ishlab chiqildi

    Texnologiyalar | 6 avgust, 14:20

    Tramp 8-avgust kuni Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari bilan uchrashadi

    Dunyo | 6 avgust, 14:08

    Arqadag‘ protokol tartib-qoidalaridan chetga chiqib, Shavkat Mirziyoyevni shaxsan kuzatib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 13:54

    Turkiya aviakompaniyasi bortga poverbank olib chiqishni taqiqladi

    Dunyo | 6 avgust, 13:45

    “Manchester Yunayted” Dushan Vlahovich transferidan voz kechdi

    Sport | 6 avgust, 13:28

    Tabiiy aspirin va vitaminlar koni: malina yeyish uchun 7 ta sabab

    Maslahatlar | 6 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.